Bog‘lanish uchun 24/7
+998 (71) 207-48-84
Barcha sahifalar

Korporativ veb-saytdagi axborot materiallaridan boshqa shaxslar foydalanganda jamiyatning korporativ veb-saytiga havolalar koʼrsatilishi shart!

blog-details-image

O‘zbekistonda OSAGO: yanada ishonchli himoya va insonga g‘amxo‘rlik

2026 yilning birinchi yarim yilligi O‘zbekistonda OSAGO tizimi barqaror rivojlanayotganini ko‘rsatdi. 2026 yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, OSAGO bo‘yicha sug‘urta mukofotlari 267,7 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan uch baravarga oshdi. Sug‘urta tovonlari 32,6 foizga o‘sib, 75,8 mlrd so‘mga yetdi. Amaldagi shartnomalar soni esa 22,7 foizga ko‘payib, 5,48 millionni tashkil qildi.

Imkon Sug’urta kompaniyasida ham ijobiy o‘sish kuzatildi. 2026 yilning birinchi yarim yilligida OSAGO bo‘yicha sug‘urta mukofotlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 39,39 foizga, sug‘urta tovonlari esa 142,6 foizga oshdi. Bu mijozlarning kompaniyaga bo‘lgan ishonchi tobora mustahkamlanayotganini hamda har bir sug‘urta hodisasi yuz berganda o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatishga tayyorligimizni tasdiqlaydi.

2026 yil iyun oyida O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1154-sonli Qonuni kuchga kirdi. Yangi tartibga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasidan jabrlangan shaxs sug‘urta tovonini olish uchun o‘z sug‘urta kompaniyasiga yoki hodisaga aybdor tomonning sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilish huquqiga ega. Shuningdek, haydovchilar soni cheklanmagan holda OSAGO polisini rasmiylashtirish imkoniyati ham qonunchilikda mustahkamlandi. Bu esa fuqarolar uchun yanada keng tanlov va qulaylik yaratadi.

OSAGO bozorida raqamli yechimlar ham jadal rivojlanmoqda. Sug‘urta polislari yagona axborot tizimi orqali rasmiylashtirilmoqda, ma’lumotlar elektron tarzda almashilmoqda. Bu hujjatbozlikni kamaytiradi, ortiqcha vaqt sarfini bartaraf etadi va sug‘urta xizmatlarini yanada tezkor hamda samarali qiladi.

Imkon Sug’urta uchun OSAGO rivoji — bu nafaqat sug‘urta tizimini takomillashtirish, balki yo‘l harakatida mas’uliyat va o‘zaro g‘amxo‘rlik madaniyatini yuksaltirish hamdir. Chunki har bir sug‘urta polisi ortida o‘z vaqtida tushunarli, ishonchli va sifatli yordamga muhtoj inson turadi.

Yangiliklarni qidirish

Ko'p o'qilgan maqolalar