Bog‘lanish uchun 24/7
+998 (71) 207-48-84
Barcha sahifalar

Korporativ veb-saytdagi axborot materiallaridan boshqa shaxslar foydalanganda jamiyatning korporativ veb-saytiga havolalar koʼrsatilishi shart!

  • Kompaniya strukturasi
  • Banklar

     

        

     

    Avtosug‘urta

     

                  

  • Imkon Sug'urta 2019-yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘z faoliyatini O‘zbekistonning yirik moliyaviy institutlaridan biri — «Ipoteka-bank» huzurida boshlagan. Aynan shu hamkorlik kompaniyaga bank mijozlari va biznes vakillari uchun zamonaviy hamda ishonchli sug‘urta mahsulotlarini yaratish imkonini berdi.

     

    Kompaniya rivojlanishidagi muhim bosqichlardan biri 2022-yilda amalga oshdi. O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni asosida kompaniya aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi va umumiy sug‘urtaning 17 ta klassi bo‘yicha majburiy hamda ixtiyoriy sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya oldi.

     

    Bugungi kunda Imkon Sug'urta AJ ustav kapitali 80 milliard so‘m bo‘lgan, hayotni sug‘urtalashdan tashqari umumiy sug‘urtaning barcha asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yuritadigan zamonaviy sug‘urta kompaniyasidir.

     

    Kompaniyaning asosiy aksiyadori — «Ipoteka-bank» ATIB. Bank 2023-yildan buyon Yevropaning yirik moliyaviy institutlaridan biri bo‘lgan OTP Group tarkibiga kiradi. Bu esa Imkon Sug'urta uchun xalqaro tajriba, zamonaviy texnologiyalar, barqaror moliyaviy baza va yuqori korporativ boshqaruv standartlarini qo‘llash imkonini yaratadi.

     

    Bugun kompaniya o‘z oldiga aniq maqsadlarni qo‘ygan:

     

    -          mijozlarga qulay va ishonchli sug‘urta xizmatlarini taklif etish;

    -          yangi sug‘urta mahsulotlarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish;

    -          xodimlar malakasini muntazam oshirib borish;

    -          xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda zamonaviy sug‘urta yechimlarini joriy etish.

     

    Imkon Sug'urta uchun sug‘urta — bu shunchaki xizmat emas. Bu mijozlarning bugungi ishonchi va ertangi xotirjamligi uchun mas'uliyatdir.

    Imkon Sug'urta tarixi
  • Milliy reyting: uzA++

     

     

    Xalqaro reytingi — OTP Group:


     www.otpgroup.info

     

    Reyting
  • «Imkon-Sug‘urta» AJning yagona aksiyadori «Ipoteka-bank» ATIB hisoblanadi, unga «Imkon-Sug‘urta» AJ ustav kapitalining 100 foizi tegishli.

    «Ipoteka-bank» ATIB — filiallar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazlarining keng hududiy tarmog‘iga ega bo‘lgan O‘zbekistonning eng yirik banklaridan biri. 2023-yil iyun oyidan boshlab bankning nazorat paketiga ega aksiyadori Vengriyaning OTP Bank banki hisoblanadi va «Imkon-Sug‘urta» OTP Group xalqaro moliyaviy guruhi tarkibiga kiradi.

  • Jamiyatning ustavi
  • Litsenziya

     

      

     

    Guvohnoma

     

     

    Litsenziya