Bog‘lanish uchun 24/7
+998 (71) 207-48-84
Barcha sahifalar

Korporativ veb-saytdagi axborot materiallaridan boshqa shaxslar foydalanganda jamiyatning korporativ veb-saytiga havolalar koʼrsatilishi shart!

«Imkon-Sug'urta» AJ aksiyadorlarining umumiy yigilishi Jamiyatning oliy boshqaruv organi hisoblanadi. U jamiyatning boshqa boshqaruv organlariga topshirilishi mumkin bo‘lmagan eng muhim strategik qarorlarni qabul qiladi. Ushbu organ jamiyat ustavni tasdiqlaydi va unga o‘zgartirishlar kiritadi, jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, Kuzatuv kengashi a'zolari va Bosh direktorni saylaydi, foyda va zararlarni taqsimlashni tasdiqlaydi hamda ustav kapitali miqdorini belgilaydi.

«Imkon-Sug'urta» AJning yagona aksiyadori — ATIB «Ipoteka-bank». Oliy boshqaruv organining barcha vakolatlari mazkur yagona aksiyador tomonidan amalga oshiriladi.

Kuzatuv kengashi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlari oralig‘ida jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. U Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga hisobdor bo‘lib, ijro etuvchi organ faoliyatini nazorat qiladi. Shuningdek, rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi, yillik biznes-rejani tasdiqlaydi, ichki audit xizmatini tashkil etadi va rivojlanish strategiyasining amalga oshirilishini nazorat qiladi.

Bosh direktor (yakka tartibdagi ijro etuvchi organ) jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi va Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi hamda Kuzatuv kengashiga hisobdor hisoblanadi. U jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, uning manfaatlarini ifodalaydi, shartnomalar tuzadi, xodimlar shtatini shakllantiradi, ishga qabul qiladi va mehnat munosabatlarini tugatadi, biznes-reja hamda boshqaruv organlari qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi, shuningdek buxgalteriya hisobi va hisobotlarning o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javob beradi.