Bekor qilish to‘g‘risida ariza
Sug‘urtalovchi tomonidan qo‘lda imzolanishi kerak. Namunani havoladan yuklab olish mumkin
Biz sizning ishonchingizni qadrlaymiz va sug‘urta polisini boshqarish jarayonini imkon qadar shaffof va qulay qilishga intilamiz. Quyida kompaniyamizda sug‘urta polisini bekor qilish va o‘zgartirish tartiblari haqida batafsil ma'lumot topasiz.
Siz sug‘urta shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish huquqiga to‘liq egasiz. Biz qonun bilan belgilangan hollarda pul mablag‘larini qaytarishni kafolatlaymiz. Bekor qilish tartibi barcha zarur hujjatlar topshirilgan kundan boshlab 14 kalendar kundan oshmaydi.
Sug‘urta shartnomasini muddatidan avval bekor qilish va pul mablag‘larini qaytarish bo‘yicha murojaatni ko‘rib chiqish uchun zarur hujjatlar to‘plami to‘liq taqdim etilishi lozim. Hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, pul mablag‘larini qaytarish muddati uzayishi mumkin.
Sug‘urtalovchi tomonidan qo‘lda imzolanishi kerak. Namunani havoladan yuklab olish mumkin
Sug‘urta qildiruvchining pasporti yoki ID-karta
Qaytariladigan summani o‘tkazish uchun hisobvaraqlarning to‘liq rekvizitlari
Bankdan olingan mikroqarz muddatidan oldin to‘liq so‘ndirilganligini tasdiqlovchi hujjat.
1-kun: Ariza va hujjatlarni topshirish
3 kungacha: Hujjatlarni ko‘rib chiqish va asoslarni tekshirish
14 kungacha: Mablag‘larni ko‘rsatilgan bank hisobiga o‘tkazish
Sug‘urta shartnomasini muddatidan avval bekor qilishda siz o‘zinga ma’qul usulni tanlashingiz mumkin:
“Imkon sugurta” AJ ning ommaviy ofertasi shartlariga ko‘ra, sug‘urta mukofotining bir qismini qaytarish quyidagi holatlarda mumkin:
Foydalanilmagan davr uchun to‘langan mablag‘lar ayrim hollarda qaytarilmasligi mumkin. Noqulay vaziyatlarning oldini olish uchun ushbu shartlar bilan oldindan tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz.
Asoslar yuzaga kelgandan so‘ng imkon qadar tezroq bekor qilish uchun murojaat qilishni tavsiya etamiz. Bu ehtimoliy qiyinchiliklardan saqlanish va maksimal qaytarish summasini olish imkonini beradi.