Bog‘lanish uchun 24/7
+998 (71) 207-48-84
Barcha sahifalar

Korporativ veb-saytdagi axborot materiallaridan boshqa shaxslar foydalanganda jamiyatning korporativ veb-saytiga havolalar koʼrsatilishi shart!

blog-details-image

Imkon-Sug‘urta: 2025 yil yakunlari. Ishonchli o‘sish, barqarorlik va mijozlarga g‘amxo‘rlik yili

Biz uchun sug‘urta — bu, avvalo, insonlar oldidagi mas’uliyatdir.

Mijozlar bizga ishonib topshirgan har bir shartnoma — bu muhim lahzalarda ular bilan birga bo‘lish va’dasidir. Shu sababli Imkon Sug‘urta uchun 2025 yilning asosiy natijasi nafaqat moliyaviy ko‘rsatkichlar, balki bugun va kelajakda mijozlar oldidagi majburiyatlarimizni bajarish imkoniyatimizning yanada mustahkamlanishi bo‘ldi.

2025 yil yakunlariga ko‘ra kompaniya barqaror o‘sishni namoyish etdi va moliyaviy barqarorligini sezilarli darajada mustahkamladi.

Kompaniya sotuvlari o‘tgan yilga nisbatan 123 foizga o‘sib, 71 milliard so‘mga yetdi.

Imkon Sug‘urta sug‘urta portfelini sezilarli darajada diversifikatsiya qildi. Agar 2024 yil oxirida moliyaviy risklarni sug‘urtalash ulushi 69% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yil yakuniga kelib bu ko‘rsatkich 15% gacha kamaydi. Bu biznesning yanada muvozanatli tuzilmasi va risklar konsentratsiyasining kamayganidan dalolat beradi.

Kompaniya ishonchliligini yanada mustahkamlash maqsadida ustav kapitali 80 mlrd so‘mgacha oshirildi.

Kompaniya aktivlari:
• IFRS 17 bo‘yicha — 289,7 mlrd so‘m;
• Milliy buxgalteriya hisobi standartlari (NSBU) bo‘yicha — 254,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.

IFRS 17 bo‘yicha sug‘urta daromadi 54,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.

IFRS 17 xalqaro moliyaviy hisobot standarti bo‘yicha sof foyda 19,3 milliard so‘mni tashkil etdi. Mazkur natija kompaniyaga xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, raqamli yechimlarni rivojlantirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yuksaltirishga qaratilgan investitsiyalarni amalga oshirish imkonini yaratadi.

IFRS 17 xalqaro moliyaviy hisobot standartiga muvofiq sug‘urta shartnomalari bo‘yicha majburiyatlar 134,2 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu raqam ortida har bir mijoz oldidagi mas’uliyatimiz va o‘z zimmamizga olgan majburiyatlarni to‘liq bajarishga bo‘lgan tayyorligimiz mujassam.

O‘z kapitali rentabelligi 24,9% ni tashkil etdi, bu esa kompaniyaning samaradorligi va uzoq muddatli barqarorligini tasdiqlaydi.

Bu natijalar shunchaki moliyaviy ko‘rsatkichlar emas.

Bu «Imkon Sug‘urta» O‘zbekistondagi minglab jismoniy shaxslar va kompaniyalar uchun ishonchli hamkor bo‘lib qolayotganining yana bir tasdig‘idir. Kompaniya o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni izchil bajarib, mijozlarga ertangi kunga ishonch bilan qarash imkonini yaratmoqda.

Biz sizning xotirjamligingiz va xavfsizligingiz haqida yanada yaxshiroq g‘amxo‘rlik qilish uchun o‘sishda davom etamiz.

Yangiliklarni qidirish

Ko'p o'qilgan maqolalar