Bog‘lanish uchun 24/7
+998 (71) 207-48-84
Barcha sahifalar

Korporativ veb-saytdagi axborot materiallaridan boshqa shaxslar foydalanganda jamiyatning korporativ veb-saytiga havolalar koʼrsatilishi shart!

Zoltan Molnar

Zoltan Molnar

Kuzatuv kengashi a’zosi

  Zoltan Molnar 1984-yilda tug‘ilgan. U Budapeshtdagi Korvinus universitetida moliya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va magistr darajalarini olgan (2002–2007), shuningdek Shvetsiyadagi Yonchoping universitetida tahsil olgan. U ACCA (Association of Chartered Certified Accountants) a’zosi hisoblanadi. 2020-yilda Corvinus-SEED MBA dasturini imtiyozli diplom bilan tamomlagan hamda kursning eng yaxshi bitiruvchisi deb e’tirof etilgan..

Professional faoliyatini 2007-yilda Vengriyadagi Ernst & Young kompaniyasida boshlagan. U yerda tahlilchidan korporativ moliya bo‘yicha menejer lavozimigacha ko‘tarilgan va sotuvchi hamda xaridor tomonidagi M&A bitimlari, qarz mablag‘lari jalb etilgan holdagi kompaniya xaridlari (LBO), shuningdek, qarz va aksiyadorlik moliyalashtirishini o‘z ichiga olgan 30 dan ortiq bitimlarda ishtirok etgan.

2013–2015-yillarda Ernst & Young Middle East (Quvayt) kompaniyasida korporativ moliya bo‘yicha menejer lavozimida ishlagan. Ushbu davrda due diligence loyihalari va M&A bitimlarini kuzatib borgan, shuningdek, xususiy kompaniyalarga London fond birjasi va Saudiya Arabistonidagi Tadawul fond birjasini o‘z ichiga olgan kapital bozorlariga chiqish strategiyasi bo‘yicha maslahatlar bergan.

2015-yilda OTP Bank jamoasiga qo‘shilgan. 2015–2017-yillarda M&A bitimlari va bitimdan keyingi integratsiya jarayonlari uchun mas’ul bo‘lib, qiymati 100 million yevrodan ortiq bitimlar bo‘yicha baholash modellarini tayyorlash, sinergiyalarni rejalashtirish, muzokaralar olib borish hamda yirik integratsiya loyihalarini boshqargan. Jumladan, OTP Banka Srbija va Vojvodjanska banka, Societe Generale Srbija va Vojvodjanska banka, shuningdek, OTP Bank Albania va Alpha Bank Albania banklarini birlashtirish loyihalarida ishtirok etgan.

2017–2023-yillarda OTP Bankning Serbiya bo‘yicha mamlakat menejeri, 2022-yildan esa bir vaqtning o‘zida Albaniya bo‘yicha ham mamlakat menejeri lavozimida faoliyat yuritgan. U moliyaviy natijalarni boshqarish, biznesni rivojlantirish va optimallashtirish loyihalari uchun mas’ul bo‘lgan. 2019–2021-yillarda Vojvodjanska banka direktorlar kengashi a’zosi bo‘lgan, 2021-yildan buyon esa OTP Group tarkibidagi Serbiyadagi sug‘urta kompaniyasi — OTP Osiguranje ADO Beograd direktorlar kengashi raisi hisoblanadi.

2023-yil iyun oyidan boshlab Zoltan OTP Bankning O‘zbekiston bo‘yicha mamlakat menejeri lavozimida faoliyat yuritmoqda hamda Ipoteka Bank va “Imkon Sug‘urta” AJ biznesini transformatsiya qilish va rivojlantirish uchun mas’uldir.

Zoltan OTP Group tarkibidagi “Imkon Sug‘urta” AJ Kuzatuv kengashi a’zosi hisoblanadi.