Yanis Lasis 1980-yilda tug‘ilgan. U Latviya universitetida ijtimoiy fanlar yo’nalishi bo‘yicha bakalavr va magistr darajalarini, shuningdek, Germaniyadagi Hagen universitetida magistr darajasini olgan.
2024-yilda OTP Group tarkibiga qo‘shilishidan avval Yanis Latviya va Ukrainadagi xalqaro sug‘urta kompaniyalarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Jumladan, SEB Life, Amplico Life, Parex Life, LTE Consulting hamda Compensa kompaniyalarida savdoni rivojlantirish, hamkorlik tarmoqlari, korporativ biznes va operatsion boshqaruv yo’nalishlari uchun mas’ul bo‘lgan.
2010–2013-yillarda SEB Life Ukraine Boshqaruvi a’zosi bo‘lib, butun Ukraina bo‘ylab agentlik tarmog‘ini rivojlantirishga rahbarlik qilgan.
2013–2016-yillarda Ukrainadagi LTE Consulting kompaniyasining Bosh direktori lavozimida ishlagan. 2016–2024-yillarda Compensa ADB Latvia kompaniyasining Savdo departamentiga rahbarlik qilib, biznes hajmini 9 mln yevrodan 77 mln yevrogacha o‘sishini ta’minlagan.
2024-yil iyul oyidan boshlab Yanis OTP Group tarkibidagi “Imkon Sug‘urta” AJ Bosh direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda. U kompaniyaning strategik rivojlanishi, biznesning barqaror o‘sishi, operatsion samaradorlikni oshirish hamda moliyaviy natijalarga erishish uchun mas’uldir.