Bog‘lanish uchun 24/7
+998 (71) 207-48-84
Barcha sahifalar

Korporativ veb-saytdagi axborot materiallaridan boshqa shaxslar foydalanganda jamiyatning korporativ veb-saytiga havolalar koʼrsatilishi shart!

KASKO - sug'urtasi

Avtotransport vositalarini ixtiyoriy sug'urta qilish

Asosiy afzalliklar:
Onlayn rasmiylashtirish + Qulay va Isonch dasturlari bo‘yicha bonuslar
Elektron polis
Tanlangan dastur asosida tezkor hisob-kitob
Biz KASKO sug‘urtasining uchta variantini taklif qilamiz — asosiy himoyadan maksimal qulaylikkacha. Siz o‘zingizga mos keladigan darajani tanlaysiz.

Foydali ma'lumotlar

Ko‘plab haydovchilar OSAGO va KASKOni bir xil sug’urta turi deb o‘ylashadi. Aslida esa ular mutlaqo turli vazifalarni bajaradi.
OSAGO — majburiy sug‘urta. U sizni emas, balki yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilarini himoya qiladi. Agar yo‘l-transport hodisasi sizning aybingiz bilan sodir bo‘lsa, OSAGO jabrlangan tomonga yetkazilgan zararni — uning avtomobili, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplaydi. Shu bilan birga, OSAGO sizning avtomobilingiz ta’mirini qoplamaydi.
KASKO — bu sizning avtomobilngizni kompleks tarzda himoya qilishni ta’minlovchi ixtiyoriy sug‘urta turidir. Sug‘urta polisi yo‘l-transport hodisasida kim aybdor deb topilganidan qat’iy nazar amal qiladi hamda transport vositangizga yetkazilgan zararni o‘z ichiga olgan holda, xavf-xatarlarning keng doirasini qoplab beradi.