2026 yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash (TVEFJMS) bo‘yicha yangilangan qoidalar kuchga kirdi. Ushbu o‘zgarishlar sug‘urta bozoriga ham, yo‘l harakati ishtirokchilarining mas’uliyat madaniyatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Asosiy yangilik — sug‘urta to‘lovining maksimal limiti 80 mln so‘mgacha oshirildi. Bu OSAGO’ni moliyaviy himoyaning real vositasiga aylantiradi. Avtomobil ta’miri xarajatlari oshib borayotgan sharoitda, hatto kichik shikastlanishlar ham katta mablag‘ talab qilmoqda. Endilikda sug‘urta qoplami YTHdagi real zarar bilan mos darajaga yetdi.
Limitlarning oshirilishi tizimli natija bermoqda:
Polis narxi qayta ko‘rib chiqildi va hududlarda o‘rtacha 160 ming so‘mni, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida esa 192 ming so‘mni tashkil etadi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda OSAGO eng hamyonbop majburiy sug‘urta turlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Imkon sug’urta OTP Group ushbu islohotni sug‘urta bozorining yanada yetuklashuvi va yo‘llar xavfsizligini oshirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholaydi. Yangi qoidalar risklarni aniq baholashni, sug‘urta hodisalarini shaffof tartibga solishni va yuqori xizmat darajasini talab qiladi, bu esa tizim sifatini oshiradi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA)ning tizimli ishlari tufayli mazkur o‘zgarishlar ishlab chiqildi va joriy etildi. Tartibga solishning modernizatsiyasi, raqamlashtirish va avtotransport egalari huquqlarini himoya qilish uzoq muddatli barqaror rivojlanish uchun mustahkam asos yaratmoqda.
Xavfsiz yo‘llar ishlaydigan qoidalardan boshlanadi. Yangilangan OSAGO tizimi — ana shunday o‘zgarishlarning muhim qismi.
2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash (TVEFJMS) bo‘yicha yangilangan qoidalar kuchga kirdi. Ushbu o‘zgarishlar nafaqat sug‘urta bozoriga, balki yo‘l harakati ishtirokchilarining mas’uliyat madaniyatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Asosiy yangilik — sug‘urta to‘lovining maksimal limiti 80 mln so‘mgacha oshirilganidir. Bu esa TVEFJMSni moliyaviy himoyaning real va samarali vositasiga aylantiradi. Avtomobillarni ta’mirlash xarajatlari ortib borayotgan bugungi sharoitda hatto kichik shikastlanishlar ham katta mablag‘ talab qilmoqda. Endilikda sug‘urta qoplamasi yo‘l-transport hodisasi (YTH) natijasida yetkazilgan real zarar miqdoriga yanada mos keladi.
Limitlarning oshirilishi tizimli ijobiy natijalarni bermoqda:
YTHdan keyingi nizolar kamaymoqda;
haydovchilarning shaxsiy mablag‘lariga tushadigan moliyaviy bosim pasaymoqda;
javobgarlik amalda ishlaydigan himoya mexanizmiga aylanmoqda.
Polis narxlari ham qayta ko‘rib chiqildi: hududlarda 160 ming so‘mni, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida esa 192 ming so‘mni tashkil etadi. Shunga qaramay, O‘zbekistonda TVEFJMS majburiy sug‘urtaning eng hamyonbop turlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
“Imkon-Sug‘urta” AJ (OTP Group) mazkur islohotni sug‘urta bozorining yanada yetuklashuvi hamda yo‘l harakati xavfsizligini oshirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholaydi. Yangi qoidalar risklarni aniq baholashni, sug‘urta hodisalarini shaffof tartibga solishni va yuqori xizmat standartlarini talab qiladi. Bu esa butun tizim sifatining oshishiga xizmat qiladi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) tomonidan olib borilgan tizimli ishlar natijasida ushbu o‘zgarishlar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Tartibga solish jarayonining modernizatsiyasi, raqamlashtirish hamda avtotransport egalari huquqlarini himoya qilish mexanizmlarining kuchaytirilishi uzoq muddatli barqaror rivojlanish uchun mustahkam asos yaratmoqda.
Xavfsiz yo‘llar — samarali va ishlaydigan qoidalardan boshlanadi. Yangilangan TVEFJMSQ tizimi ana shunday muhim o‘zgarishlarning ajralmas qismidir.