— sug‘urta munosabatlarinning qonun kuchiga ega bo‘lgan shakli. Majburiy sug‘urta qonunchilik xujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu xujjatda sug‘urtaga tortiladigan ob’yektlar soni, sug‘urta javobgarligining hajmi, sug‘urta munosabatlarida qatnashadigan tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa rekvizitlar ko‘rsatiladi. Amaldagi qonunchilikka asosan, O‘zbekistonda majburiy sug‘urtani tegishli lisenziyaga ega bo‘lgan har qanday sug‘urta kompaniyasi o‘tkazishi mumkin.
— asosiy shartlar ko‘rsatilgan holda sug‘urta shartnomasini tuzish taklifi. Sug‘urta kompaniyasi ofertani konkret yuridik yoki jismoniy shaxsga yo‘llashi mumkin
— maxsus maqomga ega bo‘lgan sug‘urta kompaniyasi. Offshor sug‘urta kompaniyalari soliq to‘lash stavkalari eng kam bulgan offshor zonalarda (Bermud oroli, Gernsi, Men va Keymanov orollari) tashkil etiladi. Offshor zonalarda amalga oshiriladigan sug‘urta operatsiyalari sug‘urta kompaniyasini tashkil etishda qatnashgan ta’sischilar joylashgan davlati organlari tomonidan nazorat etilmaydi.
— o‘zaro kelishgan holda sug‘urta shartnomasini amal qilish muddatini uzaytirish. Prolongatsiya yozma ko‘rinishda tasdiqlanishi mumkin.
— qayta sug‘urtalash shartnomasini tuzish shakli. Bu yerda qayta sug‘urtalash kompaniyasi sug‘urta mukofotlarini umumiy tushumidagi va sug‘urta koplamalarini to‘lashda o‘z ulushiga ega. Proporsional qayta sug‘urtalash shartnomalari kvotali, eksedentli va kvota-eksedentli shartnomalarini o‘z ichiga oladi.
— qabul qilib olingan qayta sug‘urtalash riskini retrosessiyaga (ikkinchi qayta sug‘urtalash) beruvchi sug‘urta yoki qayta sug‘urtalovchi kompaniya
— retrosedentdan riskni qabul qilib oluvchi qayta sug‘urtalovchi kompaniya.
1) qayta sug‘urtalashga ilgari qabul qilib olingan risklarni yana qayta sug‘urtalashga berish;
2) risklarni uchlamchi joylashtirish;
— riskni kamaytirish yoki chegaralash bo‘yicha sug‘urta kompaniyasining maqsadli yo‘naltirilgan harakati. Risk menejmentining tarkibiy elementiga quyidagilar kiradi: riskni aniqlash, riskni baholash, riskni nazorat qilish va riskni moliyalashtirish.
— risk darajasiga ta’sir qiluvchi omillar. Sug‘urtalanuvchiga ma’lum bo‘lgan barcha riskli holatlar sug‘urta kompaniyasiga xabar qilinadi. Bu riskni baholashda muhim ahamiyatga ega. Riskli holatlarni tahlil etish syurveyer yoki adjasterning funksiyasiga kiradi. Bu sug‘urta kompaniyasini sug‘urta shartnomasini tuzish yoki tuzmaslik masalasi bo‘yicha qaror qabul qilishida hamda sug‘urta qoplamalari va summalarini to‘lashda muhim o‘rin tutadi. Riskli holatlar: shaxsiy va ashyoviy; to‘g‘ri va egri; tasdiqlanadigan va inkor qilinadigan: ob’yektiv va sub’yektiv turlarga bo‘linadi.
— sug‘urta shartnomasini tuzish bo‘yicha mijozlardan kelib tushgan takliflarni tahlil etishga qaratilgan sug‘urta kompaniyasining faoliyati. Sug‘urta kompaniyasining muvozanatlashgan sug‘urta portfelini shakllanishida risklarni tanlash iborasini amaliy jihatdan ishlatish muhimdir. Sug‘urta amaliyotida risklarni tanlash ishini syurveyerlar amalga oshiradi. Risklarni tanlash – bu risk menejment sohasida olib boriladigan chora – tadbirlarning bir qismidir
— risk parametrlarini xarakterlovchi barcha riskli holatlarni natura va qiymat ko‘rinishida tahlil etish. Eng ahamiyatli belgisiga qarab tegishli risklar guruhi ajratilgan hamda u riskni baholash mezoni hisoblanadi. Masalan, shaxsiy sug‘urta shartnomasini tuzishda insonning yoshiga e’tibor beriladi. Sug‘urta shartnomasi tuzilgan momentdan, sug‘urtalanuvchining o‘limiga yoki nogiron bo‘lib qolishiga olib keluvchi xavfli kasalliklarni aniqlash maqsadida mijoz qo‘shimcha ravishda dastlabki tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin. Sug‘urta kompaniyalarida riskni baholash ishini syurveyerlar amalga oshiradi. U sug‘urta ob’yekti bilan jiddiy tanishadi, har tomonlama tahlil etadi. Tahlil natijalariga muvofiq sug‘urtalanuvchi bilan sug‘urtaviy huquqiy munosabatlarga kirishishini maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida sug‘urta kompaniyasiga yozma xulosa beradi.
— hayotni va nafaqani uzoq muddatli sug‘urtalash bo‘yicha to‘lovlarni oldindan to‘lash uchun sug‘urta kompaniyasida tashkil etiladigan fond. Bu fond sug‘urta operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlashda hamda sug‘urtalovchi zimmasidagi majburiyatlarni bajarishda muhim o‘rin tutadi. Hayot sug‘urtasi shartnomalari, odatda, bir necha yilga tuziladi. Sug‘urta mukoftlarini kelib tushish va sug‘urta summasini to‘lash vaqtlari o‘zaro to‘g‘ri kelmaganligi uchun, sug‘urta kompaniyasiga kelib tushgan sug‘urta mukofoti ma’lum vaqt mobaynida uning ixtiyorida bo‘sh xolda bo‘ladi. Kelib tushgan sug‘urta mukofotlarining bir qismi joriy to‘lovlar uchun sarflanadi, qolgan qismi esa zahira fondini shakllantirish uchun yunaltiriladi. Uzoq muddatli hayot sug‘urtasi bo‘yicha zahira fondining mablag‘lari kredit resursi sifatida foydalanilishi mumkin.
— sug‘urtasummalarini to‘lashni kafolatlash maqsadida sug‘urta kompaniyalari tashkil etgan fondlar. Agar, ma’lum bir vaqtda sug‘urta qoplamalarini to‘lash uchun joriy sug‘urta mukofotlari yetmasa, sug‘urta kompaniyasi zahira fondlaridan foydalanishi mumkin. Sug‘urta zahiralariga quyidagilar kiradi: hayotni sug‘urtasi bo‘yicha zahira fondlari, ro‘y bergan, ammo arz qilmagan zararlarni qoplash zahiralari va boshqalar. Ushbu zahira fondlarining mablag‘lari vaqtincha bo‘sh bo‘lgani uchun investisiya maqsadlarida foydalanilishi mumkin. Buning natijasida sug‘urta kompaniyasi qo‘shimcha daromad oladi.
— sug‘urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlovchi xujjat. Sug‘urta polisida quyidagi rekvizitlar bo‘lishi shart: sug‘urta kompaniyasining yuridik manzili, sug‘urtalanuvchining nomi, sug‘urta ob’yekti, sug‘urta mukofotining miqdori, shartnomaning amal qilish muddati. Sug‘urta qoplamasini to‘lashda sug‘urtalanuvchi sug‘urta polisini sug‘urta kompaniyasiga taqdim etishi zarur.
— sug‘urta operatsiyalarini zararsiz o‘tkazilishini va sug‘urtalanuvchilarning manfaati yo‘lida sug‘urta tariflarini belgilash, aniqlash, tartibga solish va tabaqalashtirish bo‘yicha sug‘urta kompaniyasining maqsadli yo‘naltirilgan faoliyati. Sug‘urtada tarif siyosati quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
1. Netto-mukofotlar va sug‘urta qoplamasi o‘rtasidagi ekvivalentlik. Har bir sug‘urta turi bo‘yicha netto-stavka zararlarning ehtimol tutilgan miqdoriga maksimal darajada to‘g‘ri kelishi zarur.
2. Sug‘urtalanuvchilarning asosiy qismi uchun sug‘urta tarifi miqdorining qulayligi. Tarif stavkalarini yuqori darajada belgilanishi sug‘urta ishini rivojlanishi uchun to‘siq bo‘ladi.
3. Sug‘urta tarifi stavkalarining barqarorligi. Agar uzoq yillar mobaynida tarif stavkalari o‘zgarmasa, bu holat sug‘urtalovchining nufuzini oshiradi. Sug‘urta summalarining zararlilik ko‘rsatkichi kamaysa, sug‘urtalanuvchilarning manfaati uchun sug‘urta tarifi stavkasini o‘zgartirmasdan javobgarlik xajmini ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir.
4. Sug‘urta operatsiyalarining rentabelligini ta’minlash.
— davlat organlarining hatti-xarakati yoxud uyushgan shaxslar guruhining siyosiy talab bo‘yicha chiqishi natijasida vujudga keladigan xavf. Siyosiy riskga urush xarakatlari, siyosiy hokimiyatning yoki tuzumning o‘zgarishi, qonun xujjatlaridagi o‘zgarishlar, fuqarolarning ommaviy chiqishlari va ish tashlashlari, milliylashtirish, konfiskatsiya kiradi. Siyosiy risk ro‘y bergan vaqtda sug‘urta kompaniyasi javobgarlikdan ozod bo‘ladi. Chunki siyosiy risklar, faqat, davlatga qarashli maxsus sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urtalanishi mumkin.
— sug‘urta kompaniyasiga kelib tushgan sug‘urta mukofotlarining yig‘indisi. Sug‘urtalangan ob’yektlar soni, sug‘urta shartnomalarining miqdori ham sug‘urta portfeli tushunchasini anglatadi. Chet mamlakatlar sug‘urta amaliyotida ushbu ibora ishlab topilgan sug‘urta mukofotining hajmi tushunchasiga to‘g‘ri keladi.
— sug‘urta xodisasi ro‘y berganda sug‘urta kompaniyasi tomonidan tuziladigan xujjat. Dalolatnomada mol-mulkning zararlanish yoxud nobud bo‘lish sabablari, ko‘rilgan zarar miqdori va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘ladi. Dalolatnomaga, zarur hollarda sug‘urta hodisasi va mol-mulkning zararlanganligini tasdiqlovchi tegishli tashkilotlarning (yong‘inga qarshi kurash, davlat avtomobil nazorati, qishloq xo‘jaligi, veterinariya xizmati va boshqalar) yozma hulosasi ilova etiladi. Xalqaro sug‘urta munosabatlarida sug‘urta dalolatnomasini adjaster tuzadi va mohiyatan avariya sertifikatiga yaqinlashadi.
— sug‘urta xizmatining bahosi va tannarxi o‘rtasidagi farq. Sug‘urtaviy foyda sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish natijasida shakllanadi. Sug‘urtaviy foyda balans uslubi asosida sug‘urta mukofotlari tushumi va sug‘urta operatsiyalari tannarxini o‘zaro taqqoslash natijasida aniqlanadi. Sug‘urta operatsiyalarining tannarxi bu, sug‘urta kompaniyasining sug‘urta himoyasini ta’minlashga qaratilgan to‘g‘ri va egri, (shu jumladan zahira fondlariga ajratmalar) xarajatlarning yig‘indisidir. Odatda, sug‘urta tarifini hisoblashda netto-stavkaga yuklamada foyda ulushi ham ko‘rsatiladi. Shakllanish manbaiga ko‘ra, haqiqatdagi sug‘urtaviy foyda o‘z ichiga quyidagi foyda turlarini oladi: sug‘urta summasi zararlik ko‘rsatkichini
kamaytirishdan olingan foyda, boshqaruv xarajatlarini iqtisod qilish natijasida olingan foyda, investisiyadan olingan foyda va sug‘urta tarifida belgilangan foyda.
— sug‘urta majburiyatini bajarish hamda sug‘urta operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmasdan o‘zaro kelishgan holda bir qancha sug‘urta kompaniyalarining ixtiyoriy uyushmasi. Sug‘urta puli, asosan, xavfli, yirik ob’yektlarni sug‘urtalash maqsadida tashkil etiladi. Har qaysi kompaniya o‘z sug‘urtalangan riskni pulga beradi va buning uchun, pul orqali yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarining bir qismini oladi. Olingan sug‘urta mukofotlari hajmida sug‘urta koplamasini to‘lash bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmalariga oladi. Xorijiy mamlakatlarda aviatsiya, atom, xarbiy risklarni sug‘urtalash uchun sug‘urta puli tashkil etilgan.
— shaxsiy sug‘urtada fuqarolarning hayoti, sog‘ligi, mehnat qobiliyati: mulkiy sug‘urtada binolar, qurilmalar, transport vositalari, uy-joy mulki, tashiladigan yuklar va boshqa moddiy boyliklarni saqlash bilan bog‘liq manfaatlar; jismoniy yoki yuridik shaxsning o‘z hatti-harakati bilan uning shaxsga zarar keltirish fuqarolik mas’uliyati – mas’uliyatni sug‘urtalashda sug‘urta ob’yektlari bo‘lib hisoblanadi. Riskni baholash maqsadida sug‘urta ob’yekti sug‘urta kompaniyasining mutaxassislari tomonidan ekspertiza qilinishi mumkin
— sug‘urtada moddiy manfaatdorlik chorasi. Sug‘urta hodisasi ro‘y berishi natijasida sug‘urtalanuvchiga moddiy zarar keltiruvchi predmetlar – mol-mulk yoki sug‘urtalanuvchining uchinchi shaxsga zarar keltirish xolatlari. Masalan, sug‘urtalanuvchining avtomobil transporti yo‘l-transport hodisalari tufayli shikastlanganda, sug‘urtalanuvchida ushbu mulkka nisbatan manfaatdorlik yuzaga keladi va sug‘urta moddiy manfaatdorlik chorasi sifatida maydonga chiqadi
— riskni xarakterlovchi xujjat. Slip sug‘urta brokeri tomonidan tuziladi va anderrayterga beriladi. Slipda sug‘urta kompaniyasining riskni sug‘urtalashdagi hissasi ko‘rsatiladi. Angliyada slip sug‘urta polisiga tenglashtiriladi. Ayrim holatlarda slip sug‘urta qoplamasini to‘lashda asosiy xujjat hisoblanadi
— turli kasalliklardan majburiy sug‘urtani nazarda tutuvchi sog‘liqni saqlash ishini tashkil etish shakli. Sug‘urtaviy tibbiyot bo‘yicha sug‘urta fondi ishchi-xodimlarning ish haqidan, tadbirkorlarning foydasidan, davlat dotatsiyasi hisobidan hamda xayr-ehson fondlarining majburiy ajratmasi hisobidan shakllanadi. Sug‘urtaviy tibbiyot bo‘yicha sug‘urtalangan kontingentga tibbiy sug‘urta polisi beriladi. Sug‘urtalanuvchiga tibbiy sug‘urta polisi bo‘lgan taqdirda tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Bunda tibbiy sug‘urta kompaniyasi, bir tomondan sug‘urtalanuvchilar bilan, ikkinchi tomondan tibbiyot muassasalari bilan shartnoma tuzadi.
— sug‘urtalash maqsadida aniqlanadigan mol-mulkning qiymati. Amaliyotda mol-mulklar haqiqiy qiymati, bozor qiymati va boshqa qiymatlar vositasida baholanadi. Zarur hollarda sug‘urta bahosini to‘g‘ri hisoblash uchun malakali ekspertlar jalb etiladi. Sug‘urta bahosi to‘g‘risidagi haqiqiy ma’lumot ta’rif stavkasi va sug‘urta mukofoti miqdorini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Amaldagi qonunchilikka binoan, sug‘urta summasi mol-mulkning sug‘urta bahosidan oshib ketmasligi zarur
1) turli xil sug‘urta kompaniyalari va ularni sug‘urta nazorati bilan aloqadorligini yig‘indisi.
2) sug‘urta huquqiy munosabatlarni tashkil etishning davlat – huquqiy shakli.
— sug‘urta manfaati va sug‘urta riskiga mos keluvchi pul mablag‘i. Xalqaro amaliyotda sug‘urta summasi sug‘urta qoplamasi deyiladi. Sug‘urta summasiga nisbatan sug‘urta mukofotianiqlanadi va sug‘urta qoplamasi to‘lanadi. Sug‘urta summasi iborasi, ko‘proq, shaxsiy sug‘urtada – fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘ini sug‘urtalashda ishlatiladi.
— sug‘urta summasi va sug‘urta koplamasi to‘lovi o‘rtasidagi nisbatni xarakterlovchi iqtisodiy ko‘rsatkich. Bu ko‘rsatkich zarar
miqdori ehtimolligini ko‘rsatadi va undan riskni o‘zgarishi ustidan nazorat o‘rnatishda foydalaniladi. Sug‘urta summasining zararlilik ko‘rsatkichi quyidagi omillar ta’siri ostida shakllanadi: sug‘urtalangan ob’yektlar soni va ularning sug‘urta summasi, sug‘urta xodisalarining soni, zarar ko‘rgan ob’yektlar soni va sug‘urta qoplamasi. Sug‘urta summasining zararlilik ko‘rsatkichi netto-stavka tuzilishiga qarab har bir sug‘urta turi yoki javobgarlik turi bo‘yicha aniqlanadi. Agar zararlilik ko‘rsatkichi netto-stavkaga yaqinlashsa yoki undan oshib ketsa, bu holda sug‘urta summasining zararlilik ko‘rsatkichi yuqori darajada ekanliligidan dalolat beradi
— sug‘urtalovchilar, sug‘urtalanuvchilar va ular o‘rtasidagi vositachilarning hatti-harakati qoidalari yig‘indisi. Sug‘urta xuquqi qonun va qonun xujjatlarida o‘z aksini topadi. Sug‘urta huquqi moliyaviy huquqning bir qismi hisoblanadi.
— inshootlarni yonish darajasini, transport vositalarini avariya bo‘lish darajasini, aholi nogironligi darajasi va shunga o‘xshash darajalarni ifodalovchi ko‘rsatkich. Sug‘urta hodisalari sonini sug‘urta qoplamalari miqdoriga yoki sug‘urtalangan ob’yektlar miqdoriga nisbati sug‘urta hodisalari chastotasini aniqlaydi.
– sug‘urta faoliyatini muvofiqlashtirish, uyushma a’zolarining manfaatini davlatning qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari oldida himoya etish hamda mahalliy sug‘urta kompaniyalari va xorijiy sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro foydali aloqalarni o‘rnatish maqsadida tashkil etiladigan sug‘urta kompaniyalarining uyushmasi. Bunga o‘zaro sug‘urtalash jamiyatlarini xalqaro uyushmasini, texnik risklarni sug‘urtalovchi kompaniyalar ittifoqini, Buyuk Britaniya sug‘urtalovchilar uyushmasini misol keltirish mumkin. Hozirgi paytda O‘zbekistonda sug‘urtalovchilar uyushmasi tashkil etilmagan. Faqat, avtosug‘urtalovchilar ittifoqi faoliyat ko‘rsatmoqda.
– sug‘urta kompaniyasining filiali, bo‘limi, shu’ba korxonasi tomonidan bitta sug‘urta hodisasi bo‘yicha mustaqil to‘lanadigan sug‘urta qoplamasining eng yuqori miqdori. Bu miqdorni sug‘urta kompaniyasi boshqaruvi joylardagi sug‘urta summasining zararlilik darajasidan, kadrlarning malakasidan va boshqa omillardan kelib chiqqan holda belgilaydi
– tuzilgan sug‘urta shartnomasidan kelib chiqqan holda belgilanadigan sug‘urta kompaniyasining mumkin bo‘lgan eng yuqori darajadagi javobgarligi. Sug‘urtalovchining javobgarlik limiti sug‘urta polisida o‘z aksini topadi.
– qonunchilik va sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) ta’sis hujjatlariga muvofiq tayinlanishi yoki saylanishi natijasida, tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) yagona ijro etuvchi organi bo‘lib hisoblanadigan yoki sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) kollegial ijro etuvchi organi ustidan boshqaradigan jismoniy shaxs;
– sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvi funksiyalarini amalga oshiruvchi, buxgalteriya hisobini tashkillashtirishni hamda moddiy va moliyaviy resurslarni oqilona, tejamkorlik bilan ishlatilishini nazorat qilishni ta’minlaydigan jismoniy shaxs.
– sug‘urtaga tortiladigan mol-mulkni ko‘rikdan o‘tkazuvchi sug‘urta kompaniyasining xodimi. Sug‘urta kompaniyasi syurveyerning xulosasi asosida sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Chet el amaliyotida yong‘in havfsizligini ta’minlovchi ixtisoslashgan firmalar, mehnat muhofazasi bo‘yicha tashkilotlar syurveyer funksiyasini bajaradi
– sug‘urta riskini baxosi; sug‘urta summasiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan brutto-stavka. Tarif stavkasi (brutto-stavka) ikki qismdan iborat: netto-stavka va netto-stavkaga yuklama. Netto-stavka sug‘urta kompaniyasining sug‘urta fondidan qiladigan xarajatlarini ifodalaydi. Netto-stavkaga yuklama sug‘urta kompaniyasining ish yuritish xarajatlarini, komissiya haqini va boshqa xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Shaxsiy sug‘urta buyicha tarif stavkasi mol-mulk sug‘urtasining tarif stavkasidan keskin farq qiladi. Hayot sug‘urtasidagi tarif stavkasi hayotiylik jadvali va daromad normasiga muvofiq hisoblab chiqiladi.
– tasodifiy hodisalarning ehtimolligi bo‘yicha o‘zaro aloqada bo‘lgan boshqa hodisalarning ehtimolligini aniqlash bilan bog‘liq matematika fani. Ehtimollar nazariyasi asosida tasodifiy hodisalarning ruy berish ehtimolligi katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi. Ehtimollar nazariyasi aktuar hisob-kitoblarni amalga oshirishda muhim vosita hisoblanadi.
– proporsional qayta sug‘urtalash shartnomasining turi. Fakultativ qayta sug‘urtalashda har bir berilayotgan risk bo‘yicha alohida shartnoma tuziladi. Syedent har bir risk bo‘yicha qayta sug‘urtalash zarur yoki zarur emaslik masalasini mustaqil ko‘rib chiqadi. O‘z navbatida, qayta sug‘urtalovchi ham syedentning taklifini qabul qilishi yoki qabul qilmasligi ham mumkin.
– syedent qayta sug‘urtalovchi bilan kelishgan toifadagi har qanday sug‘urta riskini berishi, qayta sug‘urtalovchi esa ularni qabul qilishi shart ekanligi haqidagi qayta sug‘urtalash shartnomasi.
– sug‘urta shartnomasi shartlarida ko‘zda tutiladigan sug‘urtalovchining zararni qoplashdan ozod etiladigan qismi. Franshiza sug‘urta summasiga nisbatan foizlarda belgilanadigan shartli va shartsiz franshizalarga bo‘linadi. Shartli franshizada sug‘urtalovchi belgilangan franshiza summasidan oshmaydigan zararni qoplash javobgarligidan ozod etiladi. Bu holda, agar ko‘rilgan zarar miqdori franshiza summasi miqdoridan oshib ketsa, sug‘urta kompaniyasi zararni to‘liq qoplaydi. Shartsiz franshizada ko‘rilgan zarar franshiza summasidan chegirilib qoplanadi.
– dengiz yoki havo yo‘llari orqali yukni tashishda to‘lanadigan haq. Ushbu haq tarif yoki yukni tashish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha o‘zaro kelishilgan narx asosida to‘lanadi. Dengiz sug‘urtasida yuklarni tashishda fraxt polisi yoziladi va fraxt qiluvchiga beriladi.
– boshqa sug‘urta kompaniyasining iltimosiga ko‘ra, o‘z nomidan sug‘urta polisi beruvchi sug‘urta kompaniyasi. Frontlashtiruvchi sug‘urta kompaniyasi qabul qilib olingan riskni yuz foiz miqdorida iltimos qilgan sug‘urta kompaniyasi hisobiga o‘tkazadi va buning uchun undan komission haq oladi. Hozirgi paytda, O‘zbekistonda bir nechta frontlashtiruvchi kompaniyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Masalan, “Anglo-Tashkent”, “UzAIG” sug‘urta kompaniyalari.
– riskni ikkilamchi joylashtirishni amalga oshiruvchi, ya’ni riskni qayta sug‘urtalash uchun beruvchi sug‘urta kompaniyasi. Ikkilamchi syedent retrosedent deb ataladi.
1) sug‘urta riskini qayta sug‘urtalashga berish jarayoni. Syedent va qayta sug‘urtalovchi o‘rtasidan huquqiy munosabatlarda ishlatiladi.
2) Xorij amaliyotida syedentning olingan sug‘urta mukofoti ma’nosini bildiradi.
– sug‘urta hodisasi ro‘y berishi natijasida ishlab chiqarishni to‘xtab qolishi bilan bog‘liq foyda olmaslik riskini sug‘urtasi.
– mazkur toifadagi risk bo‘yicha zararni qayta sug‘urtalash to‘g‘risidagi kelishuv.
– noproporsionl qayta sug‘urtalash shakli. Bunda syedentga o‘z zimmasida ushlab qolingan zarardan oshgan qismi qayta sug‘urtalovchi kompaniya tomonidan qoplanadi.
– sug‘urta ob’yekti sifatida fuqarolarning hayoti, sog‘ligi va mehnat qobiliyatini saqlash bilan bog‘liq manfaatlar majmuasi shaklidagi sug‘urta tarmog‘i. Shaxsiy sug‘urta hayot sug‘urtasiga va baxtsiz hodisalardan sug‘urtaga va tibbiy sug‘urtaga bo‘linadi. U riskli va jamg‘arma funksiyalariga ega. Chet el tajribasida shaxsiy sug‘urta to‘rtta sug‘urta klassidan iborat bo‘lib, inson hayotidagi ro‘y berish mumkin bo‘lgan hodisalar (tug‘ilish, o‘lim, voyaga yetish, nikohdan o‘tish, ma’lum bir yoshgacha yashash) ehtimolligi bilan bog‘liq barcha sug‘urta turlarini o‘z ichiga oladi. Keng ma’noda shaxsiy sug‘urta-bu uzoq muddatli hayot sug‘urtasi, aralash sug‘urta va annuitetlardir.
— avtotransport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalar tizimi. Mazkur sug‘urta turi bo‘yicha shartnoma tuzilganlik faktini tasdiqlovchi polis. 1949 yilda Yevropaning 13ta davlati o‘rtasida yashil karta to‘g‘risida shartnoma tuzilgan. Hozirgi paytda yashil kartaga a’zo mamlakatlar 30 dan ziyodni tashkil etadi. Yashil kartaga a’zo bo‘lgan mamlakatlarda tegishli milliy byurolar tashkil etilgan va u mazkur davlat hududida yashil karta bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirib turadi. O‘z navbatida milliy byurolar yashil karta xalqaro byurosiga birlashgan. Qarorgohi Londonda joylashgan.