Bog‘lanish uchun 24/7
+998 (71) 207-48-84

Korporativ veb-saytdagi axborot materiallaridan boshqa shaxslar foydalanganda jamiyatning korporativ veb-saytiga havolalar koʼrsatilishi shart!

1

Jamiyatning faoliyati
  • Jamiyatimiz tashkil etilgan 2019 yildan boshlab sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi sifatida sohadagi islohotlar ijrosida hamda sug‘urta bozoridagi mavqeini oshirishda o‘z faolligini ko‘rsatib kelmoqda.

    O‘tgan davr mobaynida umumiy sug‘urta sohasidagi 17 ta klass bo‘yicha 100 ga yaqin sug‘urta mahsulotlari amaliyotga tadbiq etildi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘ylab filial, bo‘lim va sug’urta markazlaridan iborat  jami 26 ta hududiy tarmoqlar yaratildi.

    Yangi qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni talabiga ko‘ra, 2022 yilda «Imkon-Sug‘urta» aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi va ustav kapitali 45,0 mlrd.so‘mga yetkazildi. Hozirda ustav kapitali 52,5 mlrd.so‘m miqdorida shakillantirilgan.

    Jamiyat aktivlarining likvidliligi, umumiy investitsiyalar hajmi bo‘yicha O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi yetakchi sug‘urta kompaniyalari qatoriga kiradi.

    Jumladan, Investitsiyalar hajmi 2022 yilda 44,8 foizga oshirilib, 160,0 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

    «Imkon-Sug‘urta» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2022 yilda 284 868 dona sug‘urta shartnomalari tuzilib, 64,5 mlrd.so‘m sug‘urta mukofotlari tushumi ta’minlandi hamda kelib tushgan sug‘urta da’volari yuzasidan 24,9 mlrd.so‘m sug‘urta tovonlari to‘lab berilgan.

    “IMKON-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyatiga “SNS Ratings” reyting agentligining milliy shkala bo‘yicha (uz) “AAA-” “Barqaror” prognozi bilan to‘lov qobiliyati va ishonchlilik reytingi berildi .

    Ushbu reyting “SNS RATINGS” reyting agentligining milliy shkalasi bo‘yicha to‘lov qobiliyati va ishonchliligining eng yuqori darajasidir.

    So‘nggi yillarda Respublikada moliya bozorini yanada rivojlantirish, sug‘urta sohasini raqamlashtirish orqali yuridik va jismoniy shaxslarni sug‘urta xizmatlari bilan qamrab olish tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.

    Shundan kelib chiqib, 2023 yilda Jamiyat ish faoliyatini avtomatlashtirish, sug‘urta xizmatlarini raqamlashtirish, reklama va marketing ishlarini takomillashtirish, xodimlar malakasi va mahoratini oshirish orqali sug‘urta xizmatlari ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida tegishli vazifalar belgilangan bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi ishlar izchil amalga oshirilmoqda.

    «Imkon-Sug‘urta» aksiyadorlik jamiyatining strategik maqsadi: yildan-yilga sug‘urta bozorida o‘z mavqiyeni mustahkamlash, mijozlar ishonchini qozonish, barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, sug‘urtaga innovatsion texnologiyalarni qo‘llashda yetakchi kompaniyalardan biriga aylanishdir.

    Jamiyatning ijodiy fikrlovchi xodimlarining g‘ayrat-shijoati oldimizga qo‘ygan maqsad va vazifalarimizni amalga oshirishda muvafaqqiyatlarimizning mustahkam asosi hisoblanadi.

    Joriy yilda ish faoliyatini yangi bosqichga chiqishi yo‘lida Jamiyatimiz uchun tarixiy voqea sodir bo‘ldi.  O‘zbekiston bank sektorini xususiylashtirishda ishtirok etgan “OTP Bank” mamlakatimizdagi yirik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi – “Ipoteka-Bank” ning asosiy akriyadoriga aylandi. Natijada bilvosita «Imkon-Sug‘urta» aksiyadorlik jamiyatiga ham egalik huquqini oldi.

    «Imkon-Sug‘urta» mijozlarga xalqaro standartlarga javob beradigan innovatsion yechimlarni o‘zida mujassamlashtirgan sug‘ura xizmatlarini taqdim etishda “OTP Bank” guruhining boy tajribasiga tayanadi! Bu hamkorlik mijozlar uchun yangi qulayliklarni yaratib, yuqori sifatli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatini taqdim etadi.

    Missiyamiz: Mijozlarga zamonaviy sug‘urta xizmatlari taqdim etish orqali ularning mulkiy manffatlarini himoya qilish.

    «Imkon-Sug‘urta» aksiyadorlik jamiyatining strategik maqsadi: yildan-yilga sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamlash, mijozlar ishonchini qozonish, barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, sug‘urtaga innovatsion texnologiyalarni qo‘llashda yetakchi kompaniyalardan biriga aylanishdir.

     

    * * * *

    Qadiryatimiz

    Mijozlar- Jamiyatimiz faoliyati davomida qozonilgan mijozlar ishonchini o‘zining asosiy qadriyati deb hisoblaydi.

    Aksiyadorlar- Jamiyatimiz faoliyatida aksiyadorlarimizning manfaat va qiziqishlari birinchi galda inobatga olinadi.

    Ishonchlilik - Ishonchliligimiz hamkorlarimizning bizga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi

    Professionallik- Xodimlarimizning yuqori malakaga egaligi muvoffaqiyatimiz garovi hisoblanadi.

     

    Strategiyamiz

    Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash;

    Shaffoflik ta’minlash va marketing faoliyatini rivojlantirish;

    Xodimlar salohiyatini rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish;

    Elektron sotuv kanallarini kengaytirish;

    Sug‘urta mahsulotlarini takomillashtirib borish.

     

    Jamiyat haqida