Agar kredit sug‘urtalangan bo‘lsa va sug‘urta kompaniyasi bankka qarzni to‘lab bergan bo‘lsa (vafot, nogironlik, mehnat qobiliyati yo‘qolishi, to‘lov kechikishi sababli), sug‘urta kompaniyasi regress (subrogatsiya) huquqini qo‘llaydi.
Ya’ni to‘langan pulni quyidagi hollarda mijozdan undirishi mumkin:
• holat mijoz aybi bilan sodir bo‘lsa;
• kredit shartnomasi buzilgan bo‘lsa;
• noto‘g‘ri ma’lumot berilgan bo‘lsa;
• sug‘urtachi mijoz o‘rniga bank oldidagi majburiyatni bajargan bo‘lsa.
Bu qonunchilik bilan to‘liq belgilangan jarayondir.
Mijoz quyidagilarni olishi mumkin:
• elektron nusxa;
• polis dublikati;
• sug‘urta bo‘yicha ma’lumotnoma;
• to‘lov tasdiqnomasi.
Barcha hujjatlar onlayn berilishi mumkin.
Ha. Bekor qilish mumkin:
• sug‘urtalanuvchi tashabbusi bilan;
• sug‘urtalovchi tashabbusi bilan (qonun doirasida);
• tavakkalchilik yo‘qolganda.
Shartlar shartnomada ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 948-moddasiga muvofiq.
Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lmagan bo‘lsa va sug‘urta tavakkalchiligi yo‘qolsa, polis muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
Masalan:
• mulk sug‘urtalanmagan sabablarga ko‘ra yo‘qolsa;
• tadbirkorlik faoliyati to‘xtasa.
Bu hollarda mukofot polis amal qilgan vaqtga mutanosib qaytariladi.
Sug‘urtalanuvchi istagan vaqtda shartnomadan voz kechishi mumkin, ammo tavakkalchilik yo‘qolmagan bo‘lsa — mukofot qaytarilmaydi, agar shartnomada boshqacha belgilanmagan bo‘lsa.
Kerak bo‘ladi:
• ariza;
• pasport;
• tibbiy hujjatlar (xulosa, kasallik tarixi, shifoxonadan spravka, to‘lov cheklari);
• hodisa akti (YTH yoki ish joyida bo‘lsa);
• vaqtinchalik/doimiy mehnat qobiliyati yo‘qotilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Imkon-Sug‘urta:
• holatni ro‘yxatdan o‘tkazadi;
• zararni baholaydi;
• bank bilan hamkorlikda ish yuritadi;
• ta’mirlash/to‘lov uchun hujjatlarni rasmiylashtiradi;
• kompensatsiyani bankka yoki servis markaziga yuboradi.
Kerakli hujjatlar:
• ariza;
• pasport;
• haydovchi guvohnomasi;
• texnik pasport;
• YHXB hujjatlari;
• ekspert baholashi (bor bo‘lsa);
• KASKO polisi nusxasi;
• zarar fotosuratlari;
• rekvizitlar.
Kompaniya o‘z servisini yuborishi ham mumkin.
Ҳар бир жабрланувчи ўз зарарига мутаносиб тўлов олади.
Умумий зарар лимитдан ошса — тўловлар лимит доирасида пропорционал тақсимланади, қолгани айбдордан ундирилиши мумкин.
Agar:
• faqat 2 ta avtotransport ishtirok etsa;
• jarohat olganlar bo‘lmasa;
• taraflar kelishgan bo‘lsa;
• har ikkisida OSAGO polisi amalda bo‘lsa;
• zarar belgilangan limitdan oshmasa (amaldagi koidalarga asosan).
Nizoli holatlarda YHXB chaqiriladi.
Ha, agar zarar summasi OSAGO limitidan oshmasa.
Jabrlanuvchi zarar qoplanganini tasdiqlovchi hujjatlarni sug‘urta kompaniyasiga taqdim qiladi.
Kerak bo‘ladi:
• ariza;
• jabrlanuvchi pasporti;
• tibbiy hujjatlar (ma’lumotnoma, kasallik tarixi, shifoxona aktlari, davolanish to‘lovlari);
• YTHni tasdiqlovchi YHXB hujjatlari;
• STIR/rekvizitlar.
Odatda talab qilinadi:
• ariza;
• pasport;
• transport vositasi hujjatlari;• YHXB ma’lumotnomasi / elektron bayonnoma;
• YTH sxemasi;
• ekspert xulosasi;
• foto/video materiallar;
• bank rekvizitlari;
• zarur bo‘lsa — ishonchnoma.
Aniq ro‘yxat holat ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin beriladi.
YTHdan keyin 2 soatdan kechiktirmay.
Chunki vaqt o‘tishi bilan mastlik holati o‘zgarishi mumkin.
Amaldagi qonunchilikga asosan sug‘urta kompaniyasi to‘langan summani aybdor shaxsdan undirish huquqiga ega.
Avtomatik undirish maxsus axborot tizimlari orqali amalga oshiriladi.
To‘liq hujjat topshirilgandan keyin — 15 kungacha.
Ma’lum mahsulotga qarab, odatda:
• sug‘urta hodisasi to‘g‘risida ariza;
• pasport;
• hodisani tasdiqlovchi hujjatlar (ma’lumotnoma, akt, bayonnoma);
• zararni tasdiqlovchi hujjatlar (baholash, foto);
• bank rekvizitlari.
To‘liq ro‘yxat shartnomada ko‘rsatilgan.
Hodisa sodir bo‘lgan kundan e’tiboran 3 kun ichida.
1. 3 kun ichida sug‘urta kompaniyasiga xabar berish.
2. Kerakli hujjatlar ro‘yxatini olish.
3. Mutaxassis ko‘rsatmalarini bajarish (foto, ma’lumotnoma, aktlar, ariza).
Qancha erta xabar berilsa, jarayon shuncha tez boshlanadi.
Travel-sug‘urta — butun dunyo bo‘ylab (tanlangan tarifga qarab) amal qiladi.
Boshqa turlar — faqat O‘zbekistonda amal qiladi, agar shartnomada boshqacha shartlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
Ha. Kompaniya ham jismoniy, ham yuridik shaxslarni sug‘urtalaydi. Biznes uchun barcha asosiy sug‘urta turlari mavjud.
Qayta dublikat olish mumkin:
• Imkon-Sug‘urta ofisida;
• menejer orqali.
Polis NAPP bazasidan tiklanadi va qayta yuboriladi.
Ҳа. Қуйидагиларни ўзгартириш мумкин:
эгаси маълумотлари;
автомобиль маълумотлари (КАСКО учун);
яшаш манзили;
контакт маълумотлари ва бошқалар.
Ўзгартириш учун ариза ва тегишли ҳужжатлар талаб қилинади.
Imkon-Sug‘urtaga yoki shartnomani (oferta) rasmiylashtirgan menejeringizga murojaat qiling. Xodim polisni elektron dasturdan yuklab, sizga qayta yuboradi.
• Payme;
• Click;
• hamkor banklar kassalari;
• onlayn-karta orqali to‘lov (mahsulot qo‘llab-quvvatlasa).
• OSAGO bo‘yicha — rasmiy portal orqali: https://ersp.e-osgo.uz/ru/osago/index
• Boshqa turlar bo‘yicha — xariddan so‘ng NAPP bazasidagi polisga olib boradigan SMS havola orqali.
Ha. Saytda quyidagi mahsulotlarni onlayn rasmiylashtirish mumkin:
• travel-sug‘urta;
• OSAGO;
• KASKO (tarif hisob-kitobi);
• saytga ulangan boshqa mahsulotlar.
To‘lovdan so‘ng mijoz elektron polisni SMS orqali qabul qiladi.
Aksariyat sug‘urta mahsulotlari uchun:
• pasport;
• to‘ldirilgan ariza-so‘rovnoma/shartnoma (oferta) va b.
KASKO, mulk, qurilish kabi alohida turlar uchun qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.
Majburiy sug‘urta (masalan, OSAGO) qonun bilan tartibga solinadi va barcha transport vositasi egalari uchun sug‘urtalashi shartBu sug‘urta turi uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararni qoplashni ta’minlaydi.
Ixtiyoriy sug‘urta (KASKO, mulk, sog‘liq, travel) mijoz xohishiga ko‘ra rasmiylashtiriladi va sug‘urtalanuvchining o‘z manfaatlarini himoya qiladi.
OSAGO vs KASKO:
OSAGO — uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararni qoplaydi.
KASKO — sug‘urtalanuvchining o‘z avtomobiliga yetkazilgan zararni qoplaydi (o‘g‘irlik, tabiiy ofatlar, o‘zining yoki uchinchi shaxslar aybi bilan yetkazilgan zarar va boshqalar).
"Imkon Sug'urta" O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug'urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan 2022-yil 25-fevralda berilgan 00042-sonli litsenziya asosida umumiy sug'urta xizmatlarining to'liq spektrini taklif etadi:
• Majburiy transport vositalari javobgarligi sug'urtasi (CMTPLI);
• Majburiy transport vositalari javobgarligi sug'urtasi (CMCLI) va Majburiy transport vositalari javobgarligi sug'urtasi (CMLP);
• Kompleks transport vositalari sug'urtasi (CASCO);
• Jismoniy va yuridik shaxslar uchun mulk sug'urtasi;
• Baxtsiz hodisalardan sug'urta;
• Sayohat sug'urtasi;
• Ixtisoslashtirilgan uskunalar sug'urtasi;
• Yuklarni sug'urtalash;
• Tijorat va mehmonxona mulkini sug'urtalash;
• Qurilish va montaj sug'urtasi.
Kompaniya Umumiy sug'urta sanoati tasniflagichida ko'zda tutilgan barcha xizmatlarni qamrab oladi.