ГАРОВГА ҚЎЙИЛАЁТГАН МОЛ-МУЛКНИ СУҒУРТАЛАШ


Mazkur sug'urta shartnomasiga muvofiq bir taraf (sug'urtalovchi) shartnomada shartlashilgan haq (sug'urta mukofoti) evaziga shartnomada nazarda tutilgan voqea (sug'urta hodisasi) sodir bo'lganda boshqa tarafga (sug'urta qildiruvchiga yoki shartnoma qaysi shaxsning foydasiga tuzilgan bo'lsa, o'sha shaxsga, naf oluvchiga) bu hodisa oqibatida sug'urtalangan mol-mulklarga etkazilgan zararni shartnomada belgilangan summa (sug'urta puli) doirasida qoplash (sug'urta tovoni to'lash) majburiyatini oladi.

SUG'URTA HODISASI

Mazkur shartnomaga ko'ra quyidagi hodisalar (sug'urta qaltisliklari) natijasida sug'urtalangan mol-mulkning doimiy saqlanish joyida zararlanishi, nobud bo'lishi yoki yo'qotilishi sug'urta hodisasi hisoblanadi:

suv toshqini, kuchli shamol, bo'ron, jala, sel, tuproqning emirilishi, do'l, qalin qor yog'ishi, ko'chki, yashin urishi, zilzila, yong'in, portlash, uchuvchi apparatlar, mexanizm va mashinalarning qulashi, o'g'irlik, uchinchi shaxslarning qonunga zid harakatlari.
SUG'URTA DA'VOSINI KO'RIB CHIQISH

Ushbu shartnomaga muvofiq sug'urtalovchidan sug'urta tovonini olish talabiga asos bo'lishi mumkin bo'lgan voqea ro'y berganda, sug'urta qildiruvchi garovga qo'yuvchi yoki naf oluvchi) quyidagilarni amalga oshirishi shart:

Sug'urtalovchini 72 soatdan kechiktirmasdan xabardor qilishi va sug'urtalovchiga voqea sodir bo'lgan kundan keyin 5 (besh) bank kuni ichida zarar ko'rilishi sababi va shart-sharoiti ko'rsatilgan yozma arizani yo'llash;
Zaruriyat tug'ilsa, mutasaddi idoralarga sodir bo'lgan voqea haqida xabar berish;
Sug'urtalovchiga zarar ko'rilganligini tasdiqlash hamda voqea yuz berishi sababi va tafsilotlarini aniqlash uchun zarur bo'lgan hujjatlarni (reja, tasnif, yuk hujjatlari yoki nusxalarni)                 taqdim etish;
Zaruriyat tug'ilsa, zarar kelib chiqishi sabablari vakolatli davlat idoralarining tegishli hujjatlari bilan tasdiqlash.
Sodir bo'lgan zararlarni tasdiqlash va sug'urtalovchi tomonidan sug'urta qildiruvchi bildirgan sug'urta hodisasi zararlarini tan olishda, sug'urta qildiruvchi quyidagi xujjatlarni taqdim               etishi shart:

Sug'urta xodisasi to'g'risida xabarnoma;
Sug'urta polisi nusxasi;
Sug'urta hodisasi natijasida mol-mulkning zararlangani, nobud bo'lgani yoki yo'qotilganligini tasdiqlab tuzilgan ma'lumotnoma;
Sug'urta hodisasida aybdor shaxsning tushuntirish xati (agar bo'lsa);
Lintseziyaga ega bo'lgan baholovchi tashkilot yoki ekspertlarning zarar miqdorini aniqlash bo'yicha baholash xisoboti;
Zarar miqdorini aniqlash uchun zarur bo'lgan fotosurat yoki videotasmalar;
Sug'urta hodisasini tasdiqlovchi mutasaddi tashkilotlarning hujjatlari;
Sug'urta qildiruvchi (garovga qo'yuvchi yoki naf oluvchi) har qanday yo'qotish va (yoki) zarar ko'rganligi haqida xabar bersa, sug'urtalovchi da'voni va yuz bergan voqeaning turi, sababi va tafsilotlarini ko'rib chiqishi uchun o'z xodimini yoki boshqa shaxsni yuborishga haqli.

Ushbu voqeaga taalluqli barcha tafsilotlar o'rganib chiqilgandan keyin sug'urtalovchi sodir bo'lgan voqeani sug'urta hodisasi deb tan olish yoki tan olmaslik haqida qaror qabul qiladi.

Sug'urtalovchining sug'urta tovonini to'lashni rad etish qarori barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 15 (o'n besh) kun ichida sug'urta qildiruvi naf oluvchi yoki garovga qo'yuvchiga taqdim etilishi va unda rad etish sabablari asoslangan bo'lishi shart.

Agar sug'urta hodisasi yuz berganligi yuzasidan jinoiy, fuqarolik yoki ma'muriy ish qo'zg'atilgan bo'lsa, sug'urtalovchi sug'urta qoplamasini to'lash masalasini hal etishni vakolatli tashkilotlar tegishli qaror qabul qilgunlariga qadar kechiktirishga haqli.

Sug'urta hodisasi ro'y berganligini isbotlash va ko'rilgan zararlarning miqdorini asoslab berish sug'urta qildiruvchi (garovga qo'yuvchi yoki naf oluvchi) ning zimmasidadir.

SUG'URTA TOVONINI TO'LASH

Sug'urta tovoni garovga qo'yuvchi (naf oluvchi)ga O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda naf oluvchi sug'urta tovonini sug'urta qildiruvchi naf oluvchidan olgan krediti bo'yicha qarzidan oshmagan miqdorda olish huquqiga ega, sug'urta tovonining qolgan qismi garovga qo'yuvchi ko'rgan zararlarni qoplash xarajatlarini qoplashga sarflanadi.

Barcha holatlarda sug'urta tovoni miqdoridan ushbu shartnomada belgilangan franshiza summasini hamda sug'urta hodisasi ro'y berishi oqibatida zararlangan va almashtirilishi lozim bo'lgan qismlarning eskirganlik miqdorini chegirib qolib amalga oshiriladi.

Agar ushbu shartnomaga muvofiq sug'urta puli shartnoma tuzilgan sanada belgilangan sug'urta qiymatidan past bahoda belgilangan bo'lsa, sug'urtalovchi sug'urta hodisasi sodir bo'lganda garovga qo'yuvchi naf oluvchi ko'rgan zararlarni O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 936-moddasiga muvofiq sug'urta pulining sug'urta qiymatiga bo'lgan nisbatga mutanosib ravishda qoplashi shart.

Ushbu shartnomaga muvofiq sug'urta tovoni uni oluvchining bankdagi hisob raqamiga pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.

Sug'urtalangan mulkning zararlanishi yoki nobud bo'lishi quyidagi tartibda qoplanadi:

sug'urtalangan mulkning to'la nobud bo'lishi (yo'qolishi) – ushbu shartnoma tuzilgan sanada mazkur mulkning haqiqiy qiymati miqdorida, ammo sug'urta pulidan oshmagan miqdorda;
sug'urtalangan mulk butunlay yoki qisman zararlanganda – tiklash xarajatlari miqdorida, ammo sug'urta pulidan oshmagan miqdorda;
Tiklash xarajatlari quyidagilardan tashkil topadi:

ta'mirlash (tiklash) uchun materiallar va ehtiyot qismlarga xarajatlar;
ta'mirlash ishlarining haqini to'lash xarajatlari;
sug'urtalangan mulkni uning sug'urta hodisasidan oldingi holatigacha tiklash uchun zarur bo'lgan materiallarni ta'mirlash joyiga etkazib berish xarajatlari.
Agar sug'urtalovchi mulkni yoki uning qismini almashtirish yo'li bilan qoplashga qaror qilsa, sug'urta qildiruvchi Sug'urtalovchini o'z hisobidan barcha rejalar, tasniflar, o'lchovlar va sug'urtalovchi talab qilishi mumkin bo'lgan boshqa ma'lumotlar bilan ta'minlashi shart.

Agar zarar to'laligicha zarar etishida javobgar bo'lgan shaxs yoki boshqa har qanday uchinchi shaxs tomonidan qoplansa, garovga qo'yuvchi (naf oluvchi) sug'urta qoplamasi olishga haqli emas. Bunda zarar qisman yoki to'lanishi lozim bo'lgan sug'urta qoplamasidan kam miqdorda qoplansa, sug'urta qoplamasi garovga qo'yuvchi (naf oluvchi) avval olgan qoplamalarni hisobga olgan holda to'lanadi.

Sug'urtalovchi zararni qoplash uchun amalga oshirgan har bir to'lov sug'urtalovchining ushbu shartnoma bo'yicha majburiyatlarini ushbu to'lov miqdorida kamaytiradi. Sug'urta qildiruvchi sug'urtalovchi hisoblagan miqdorda qo'shimcha sug'urta mukofoti to'lasa, sug'urtalovchi majburiyatlari ushbu shartnomada ko'rsatilgan sug'urta puli miqdorida tiklanadi. 

Sug'urtalovchi naf oluvchi yoki garovga qo'yuvchiga sug'urta qoplamasi to'lovini sug'urta hodisasi to'g'risidagi dalolatnoma imzolangandan keyin 15 (o'n besh) kun ichida amalga oshiradi.