ЛИЗИНГА БЕРИЛАЁТГАН ҚИШЛОҚ ХУЖАЛИК ТЕХНИКАСИНИ СУҒУРТАЛАШ

 

 


  Lizing oluvchi mazkur sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan miqdor va muddatda sug'urta mukofotini to'lashi sharti bilan, sug'urtalovchi sug'urta hodisasi vujudga kelgan taqdirda, lizing oluvchiga/lizing beruvchigamazkur shartnomada keltirilgan shartlar va/yoki qo'shimcha kelishilgan shartlar, ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan ilovalari va istisnolariga muvofiq, quyida keltirilgan tartibda va hajmlarda ziyonlarini qoplab berish majburiyatini oladi.

Mazkur shartnoma muddatlari, shartlari va istisnolariga muvofiq, Sug'urtalovchilizing oluvchiga yoki lizing beruvchiga (lizing beruvchi tanlashi bo'yicha) sug'urtalangan qishloq xo'jaligi texnikalari (QXT) quyida keltirilgan va sug'urta hodisasi deb tan olinishi mumkin voqealar oqibatida shikastlanishi, nobud bo'lishi (yo'qolishi) natijasida vujudga kelgan zararlarni qoplab beradi:

Qishloq xo'jaligi texnikalarini olib qochish – sug'urtalangan qishloq xo'jaligi texnikalarining o'g'irlab ketilishi;

Yong'in - sug'urtalangan qishloq xo'jaligi texnikalarini ma'lum sabablarga ko'ra ochiq holda yonib ketishi;

Portlash - sug'urtalangan qishloq xo'jaligi texnikalari gaz va par bosimi kuchayishi sababiga ko'ra portlashi, bu holda portlashdan so'ng yong'in hosil bo'lsa, sug'urta tovoni yong'in qaltisligiga ko'ra to'lanadi;

Yo'l-transport hodisalari - sug'urtalangan qishloq xo'jaligi texnikalarining (urilishi, sirg'alishi, turli jihozlarga urilib ketilishi, qulashi, ariq (kanal)ga ag'darilishi) harakatlanishi yoki harakatsiz vaqtlarida zararlanishi;

Jismlarning urilishi – har-xil jismlarning sug'urtalangan qishloq xo'jaligi texnikalariga qulab tushishi yoki to'satdan urilishi natijasida sug'urtalangan qishloq xo'jaligi texnikalariga zarar etishi yoki oynalarining sinishi;

Uchinchi shaxslarning noqonuniy xatti harakatlari – boshqa shaxslar tomonidan qishloq xo'jaligi texnikalariga moddiy zarar etkazilishi;

Tabiiy ofatlar – suv toshqini, sel, bo'ron, dovul, jala, ko'chki, tuproqning cho'kishi, yashin urishi, zilzila

Sug'urta hodisasi belgilariga ega voqea vujudga kelganda, lizing oluvchi yoki uning vakili quyidagilarni amalga oshirishi shart:

a) darhol, ammo 3 kundan kechiktirmasdan bu haqda Sug'urtalovchini ogohlantirish, hamda sug'urta hodisasi sabablari va vaziyatlariga qarab, tegishli vakolatli davlat xizmatlariga (yong'in o'chirish, avariya xizmatlari) xabar berib, u erdan zarur hujjatlarni (dalolatnoma, bayonnoma, qaror) olish;

b) zararni kamaytirish va sug'urtalangan Qxtni qutqarish uchun zarur bo'lgan barcha chora-tadbirlarni ko'rish;

v) sug'urtalovchiga shikastlangan mulkni ko'rikdan o'tkazish va tekshirish imkoniyatini berish, sug'urta hodisasi sabablari va holatini tergov qilishda ko'maklashish, yoki QXT ning barcha shikastlangan qismlarini fotosuratga tushirish yoki uni video tasvirga tushirish;

g) sug'urta hodisasi oqibatlarini faqat sug'urtalovchi ko'rigi va roziligidan so'ng bartaraf etish;

D) sug'urtalovchiga sug'urta hodisasi vujudga kelishi sabablarini ko'rsatgan holda zararni qoplash to'g'risida ariza topshirish va quyidagi hujjatlarning asl nusxalarini yoki nusxalarini taqdim etish:

- Sug'urta shartnomasi (sug'urta polisi);

- Sug'urta hodisasi vujudga kelgani faktini va vaziyatlarini tasdiqlovchi vakolatli organlar (huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, Gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar) dan olingan hujjatlar;

- QXT ro'yxatdan o'tkazilganligi guvohnomasi (texnik pasport);

- haydovchilik guvohnomasi;

- transport vositasini boshqarishga ishonchnoma, lizing oluvchi bilan birgalikda mulkchilik huquqini, qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlovchi hujjat, yo'l varaqasi;

- sud qarorlari va farmoyishlari (agar sug'urta hodisasi ko'rib chiqilgan sanada ular mavjud bo'lsa);

- sug'urta hodisasi ishtirokchisining sud-tibbiy ekspertizasidan o'tganligi to'g'risida xulosa;

- Sug'urtalovchi bilan kelishilgan holda tayinlangan mustaqil baholovchi (ekspert)ning tiklash ishlariga zararni baholash dalolatnomasi;

Lizing oluvchi taqdim etgan hujjatlar asosida sug'urtalovchi 5 (besh) kun ichida sug'urta hodisasini tan olish yoki tan olmaslik va sug'urta tovonini to'lash haqida qaror qabul qiladi. Sug'urtalovchi sug'urta hodisasini tan olgan taqdirda, to'lanishi lozim bo'lgan sug'urta tovoni miqdori aniqlanadi v u sug'urtalovchi, lizing oluvchi va lizing beruvchi vakillari tomonidan imzolanadigan sug'urta hodisasi to'g'risida dalolatnomada qayd etiladi.

Sug'urta tovoni lizing beruvchi ixtiyori bo'yicha unga yoki lizing oluvchiga sug'urta hodisasi to'g'risida dalolatnoma imzolangan kundan boshlab 10 (o'n) kun ichida to'lanadi. Sug'urtalangan Qxtegasi bo'lmagan lizing oluvchiga (lizing beruvchiga), sug'urta tovoni faqat sug'urta tovonini olish huquqini beruvchi QXT egasining tasdiqlangan ishonchnomasi mavjud shaxsga to'lanadi.
Установите приложение на смартфон и работайте офлайн
Установить Переводчик