QURILISH TAVAKKALCHILIKLARINI SUG'URTALASH

Sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchining sug'urta hodisasi tufayli yo'qotilishi yoki shikastlanishi natijasida ko'rgan zararini quyidagi qaltisliklardan sug'urta qiladi:
- Har qanday kutilmagan tasodifiy va to'satdan ro'y beruvchi hodisalar natijasida sug'urtalangan mulkning shikastlanishiga yoki nobud bo'lishiga sabab bo'luvchi haqiqatda sodir bo'ladigan voqealar, ya'ni yong'in, chaqmoq, portlash, uchuvchi apparatlarning qulashi, o'z-o'zidan yonish, o'g'irlik va uchinchi shaxslarning qasddan sodir etgan harakatlari, suv toshqini va suv bosishi, quvurlarning yorilishi, bo'ron, dovul, zilzila, sel, ko'chki, tuproqning cho'kishi, o'pirilish, qulash, qisqa tutashuv, ortiqcha kuchlanish, elektr yoylari, mashina va mexanizmlar, qurilish materiallari va konstruktsiyalarning qulab tushishi, nuqsonli materiallar va konstruktsiyalarni qurilish qoidalariga amal qilmagan holda qo'llashdan ko'rilgan zarar, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shasxlar oldida fuqarolik javobgarligi paydo bo'lishi.
Sug'urta qildiruvchi mazkur shartnomaga asosan belgilangan sug'urta mukofotini to'lagandan so'ng, sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchiga sug'urta tovonini to'lab berish yuzasidan moddiy zarar va javobgarlik bo'yicha majburiyatini oladi.

SUG'URTA HODISASI

Shartnomaga asosan qurilish maydonida kutilmagan tasodifiy va to'satdan ro'y beruvchi hodisalar natijasida sug'urtalangan mulkning shikastlanishiga yoki nobud bo'lishiga sabab bo'luvchi haqiqatda sodir bo'ladigan voqealar, ya'ni yong'in, chaqmoq, portlash, uchuvchi apparatlarning qulashi, o'z-o'zidan yonish, o'g'irlik va uchinchi shaxslarning qasddan sodir etgan harakatlari, suv toshqini va suv bosishi, quvurlarning yorilishi, bo'ron, dovul, zilzila, sel, ko'chki, tuproqning cho'kishi, o'pirilish, qulash, qisqa tutashuv, ortiqcha kuchlanish, elektr yoylari, mashina va mexanizmlar, qurilish materiallari va konstruktsiyalarning qulab tushishi, nuqsonli materiallar va konstruktsiyalarni ongsiz ravishda qo'llashdan ko'rilgan zarar, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaxslar oldida fuqarolik javobgarligining paydo bo'lishi sug'urta hodisasi hisoblanadi.
     
SUG'URTA TOVONI MIQDORINI ANIQLASH VA TO'LASH TARTIBI

Moddiy zarar bo'yicha sug'urtalovchi va sug'urta qildiruvchi o'zaro qayd etib o'tilgan mulklarga yoki ularning qismiga sug'urta muddati davomida sug'urta hodisasi natijasida kutilmaganda va to'satdan etkaziladigan, to'lanmaydigan holatlar bo'yicha shartlashilmagan sabablar natijasida shikastlangan, mulkni ta'mirlash va almashtirishga zaruriyat keltirib chiqaradigan moddiy zararni hisob raqamiga pul o'tkazish yo'li bilan qoplab beradi, biroq jami har bir sug'urta hodisasi va umumiy summa bo'yicha shartnomada shartlashilgan sug'urta pulidan oshmagan miqdorda qoplab beradi.
Javobgarlik bo'yicha shartnoma doirasida zarar yoki shikastlanish quyidagi tartibda qoplanadi:
a) sug'urtalangan mulklarning shikastlanishidan avvalgi holatiga keltirish uchun bartaraf etish mumkin bo'lgan shikastlanish ta'mirlash harajatlari bo'yicha qoplanadi;
b) sug'urtalangan mulklarning shikastlanishi oqibatida to'liq nobud bo'lishi, mazkur shartnomani shartlarini bajarish va qo'shimcha shartlariga rioya qilish sharti bilan mulkni haqiqiy bahosi bilan biroq ko'rsatilgan sug'urta puli miqdorida qoplab beriladi.
Sug'urtalovchi ta'mirlash ishlari qilinganligi yoki shikastlangan qismini almashtirilganligi haqida xujjatlar yoki zarur hisob-kitob xujjatlari taqdim qilingandan so'ng zararni qoplab beradi.
Sug'urta hodisasi ro'y berganda ta'mirlashga beriladigan barcha shikastlanishlarni ta'mirlash ishlariga ketgan xarajatlar sug'urtalangan mulklarni bahosidan oshib ketganda zararni tugatish "b" kichik bandidagi shartlar tartibida amalga oshiriladi.
Agar ta'mirlash oxirgi ta'mirlashni oxirgi qismi hisoblanib, ta'mirlash ishlari bo'yicha jami harajatlar oshib ketmasa, sug'urtalovchi taxminiy ta'mirlash ishlariga harajatlarni qoplab berishi mumkin.
Shartnoma doirasida bo'lishi mumkin bo'lgan o'zgartirishlarga, qo'shimchalarga yoki yangiliklarga aloqador harajatlarga qoplama to'lanmaydi.
Sug'urtalovchi javobgarlik bo'yicha sug'urta qildiruvchiga yuqori darajada shartnomada qayd etilgan sug'urta puli chegarasida, ya'ni sug'urta qildiruvchi fuqarolik javobgarligi olib boradigan summada:
a) baxtsiz hodisa ro'y berishi natijasida uchinchi shaxslarni tanasi shikastlanishiga yoki kasallanishiga (o'limiga);
b) sug'urta davri mobaynida uchinchi shaxslarning mulkiga baxtsiz hodisa tufayli etkazilgan zarar va shikastlanishlarga, agar bu baxtsiz hodisa moddiy zarar bo'yicha sug'urtalangan qurilish va montaj ishlari olib borilayotganda qurilish maydonining o'zida yoki bevosita yonginasida ro'y bersa qoplab beriladi.
Sug'urta hodisasi boshlanganda sug'urta qildiruvchi yoki sug'urta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxs, sug'urtalovchining so'rovnomalarini yoki talablarini kutib o'tirmasdan, ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlarni kamaytirishning imkoni bo'lgan barcha choralarini ko'rishi va 7 kalendar kundan kechikmay sug'urtalovchini sodir bo'lgan hodisadan yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Sug'urta qildiruvchining yozma arizasi olingandan va sug'urta tovoni to'lash to'g'risidagi masalani hal etish uchun zarur bo'lgan barcha hujjatlar olingandan keyin komissiya tuziladi, komissiya tarkibiga sug'urta qildiruvchining va sug'urtalovchining vakillari, shuningdek, zarurat bo'lganda, manfaatdor shaxs hisobiga vakolatli tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
Barcha taraflar ma'lumotnomaga imzo chekadilar va imzo chekish jarayonida o'z e'tirozlarini ma'lumotnomada aks ettiradilar.
Tuzilgan ma'lumotnomalar sug'urta hodisasi tan olinganligi yoki tan olinmaganligini bildirmaydi va ma'lumotnomalar asosida sug'urta tovoni to'lanmaydi.
Sug'urtalovchi taqdim etilgan hujjatlarning to'g'riligini tekshirishi va zarur holatlarda, boshqa kerakli hujjatlarni talab qilishi mumkin.
Sug'urta qildiruvchi har qanday holatda o'z mablag'lari hisobidan sug'urta hodisasi bilan bog'liq bo'lgan barcha hujjatlarni (sug'urta hodisasini tasdiqlovchi hujjatlar nushasi va hodisa tafsilotlari haqida ma'lumotnoma) ishlab chiqish, harid qilishi va sug'urtalovchiga taqdim etishi shart.
Sug'urta qildiruvchi sug'urta hodisasi sodir bo'lganda zararlangan mol-mulkni ta'mirlash, sotish, metallolomga topshirish yoki birovga berish, yoqib yuborish, yo'q qilish va boshqa ishlarni sug'urtalovchi bilan kelishgan holda (yozma ravishda) amalga oshiradi.
Sug'urta tovoni haqiqiy etkazilgan zarar miqdorida, agar sug'urta shartnomasida franshiza qo'llanilgan bo'lsa, ushbu franshiza miqdori hisobga olinib, lekin shartnomada belgilangan sug'urta pulidagi miqdoridan oshmagan holda belgilanadi.
Sug'urta puli ob'ekt bahosidan kam qilib belgilanganligi uchun sug'urtalovchi sug'urta hodisasi yuz berganda sug'urta qildiruvchiga u ko'rgan zararni O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 936-moddasiga asosan sug'urta pulining ob'ekt bahosiga bo'lgan nisbatiga mutanosib ravishda qoplaydi.
Sug'urta tovoni dalolatnomaga qo'l qo'yilgan kundan boshlab 5 (besh) bank kuni ichida to'lab beriladi.
Sug'urta tovoni mazkur sug'urta shartnomasiga asosan hisob raqamga pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Sug'urta hodisasi ro'y berganda yana amal qilinayotgan sug'urta shartnomasi mavjud bo'lsa yoki zarar etkazgan shaxsdan sug'urta qildiruvchi foydasiga moddiy zarar undirilgan bo'lsa, to'langan yoki qoplangan zararni chegirib tashlagan holda sug'urta tovoni to'lab beriladi.