ЖИСМОНИЙ ШАХСГА АЖРАТИЛАДИГАН КРЕДИТНИ ҚАЙТМАСЛИК ХАВФИДАН СУҒУРТАЛАШ

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2018 YIL 07 IYUNDAGI
PQ - 3777-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN "HAR BIR OILA-TADBIRKOR" DASTURI DOIRASIDA JISMONIY SHAXSGA AJRATILADIGAN KREDITNI QAYTMASLIK XAVFIDAN SUG'URTALASH

Sug'urtalovchi, shartnomada ko'rsatilgan miqdor va muddatda sug'urta mukofoti to'lanishi sharti bilan ushbu shartnomada nazarda tutilgan shartlar va/yoki ushbu shartnomaning ajralmas qismi bo'lgan qo'shimcha kelishilgan shartlar, istisnolar va ilovalarga muvofiq sug'urta hodisasi sodir bo'lganda sug'urta qildiruvchi/naf oluvchiga ushbu shartnomada ko'rsatilgan tartibda va hajmda zararlarni qoplab berish majburiyatini oladi. 

Sug'urta ob'ekti bo'lib kreditning qarzdor tomonidan garov yoki boshqa ta'minot bilan ta'minlanmagan qismini so'ndirish bo'yicha majburiyatlarini bajarmasligi oqibatida sug'urta qildiruvchining kredit shartnomasi bo'yicha yuzaga kelgan ziyonlar bilan bog'liq mulkiy manfaatlari hisoblanadi.

 

SUG'URTA HODISASI

Sug'urta hodisasi bo'lib, qarzdorning qonunda belgilangan tartibda sug'urta qildiruvchi oldidagi pullik majburiyatini bajarishga uning mehnat qobiliyatini yo'qotishi (I va II guruh nogironligi) yoki o'limi oqibatida sug'urta qildiruvchi/naf oluvchiga ziyon etkazilishiga sabab bo'lgan va O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017 yil 29-noyabrdagi 45-son qarori bo'yicha qarzdordan qarzini undirish bo'yicha barcha choralar ko'rilib, kutish muddati tugaganidan keyingi yuzaga kelgan voqea hisoblanadi. 

Sug'urta hodisasi ro'y berishining asosiy sharti bo'lib, qarzdorning o'z mehnat qobiliyatini yo'qotishi (I va II guruh nogironligi) yoki o'limi oqibatida sug'urta qildiruvchi/naf oluvchiga ziyon etkazilishiga sabab bo'lishi va sug'urta qildiruvchi /naf oluvchi tomonidan kredit shartnomasiga ko'ra kreditni so'ndirish borasida barcha zarur choralarni, ya'ni qarzdorning pul mablag'laridan hamda mol-mulkidan undirish choralarini ko'rgandan keyin ham qarzdorning o'z majburiyatlarini bajarmasligi oqibatida sug'urta qildiruvchi /naf oluvchi oldidagi qarzdorlikning paydo bo'lishi hisoblanadi.

Sug'urtalovchiga talab bildirilguniga qadar sug'urta qildiruvchi/naf oluvchi qarzdordan qarzni undirish choralarini ko'rishi zarur va faqat qarzdorning majburiyatni bajarish uchun mol-mulki etarli bo'lmagandagina sug'urta qildiruvchi/naf oluvchi sug'urtalovchiga talab bildirish huquqiga ega. Qarzdorning mol-mulki majburiyatni bajarish uchun etarli emasligi, davlat ijrochisining ijro hujjatini "sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonunning 40-moddasi talablariga asosan, undiruvchiga qaytarish to'g'risidagi qarori bilan tasdiqlanadi.

 

SUG'URTA TOVONI TO'LASH TARTIBI

Sug'urta tovoni sug'urta qildiruvchiga qarzdor tomonidan kreditning garov yoki boshqa turdagi ta'minot bilan ta'minlanmagan qismi miqdorida, lekin har qanday holatda ham sug'urta pulidan oshmagan miqdorda to'lanadi. Sug'urta tovoni miqdori haqiqatda olingan kredit miqdori va kreditning garov yoki boshqa turdagi ta'minot bilan ta'minlangan qismi o'rtasidagi farqdan kreditning asosiy qismini so'ndirish uchun yo'naltirilgan pul mablag'larini ayirib (chegirib) qolgan holda aniqlanadi.

- Maxsus shartlar: sug'urta qildiruvchi kredit qaytishini ta'minlashning taqdim etilgan boshqa shakllarini amalga oshirgandan keyin (garovga qo'yilgan mol-mulk undilib, sotilgandan keyin yoki kafolat, kafillik va boshqalar bo'yicha pul mablag'lari undirilgandan keyin) sug'urtalovchidan ziyon qoplanishini talab qiladi.

Ushbu sug'urta shartnomasi yuzaga kelganda sug'urta qildiruvchi / qarzdor sug'urtalovchiga kutish davri tugagandan so'ng, bunday holat yuzaga kelganligi aniqlangan paytdan boshlab 3 (uch) ish kunidan kechiktirmay voqea sodir bo'lganligi to'g'risida ariza berishi, shuningdek sug'urtalovchiga ziyon sodir bo'lganligini va miqdorini aniqlash imkonini beruvchi hujjatlarni:

- Qarzdor kreditni so'ndirish uchun pul mablag'lari o'tkazish haqida to'lov topshiriqnomalari nusxalari;

- kredit shartnomasi amal qilgan muddatda mablag'lar harakati to'g'risida ko'chirmalar;

- joriy sanada qarzdorning hisob raqamidagi mablag'lar saldosi to'g'risida bank ma'lumotnomasi;

- kredit mablag'laridan maqsadli foydalanish bo'yicha hujjatlar, ma'lumotnomalar;

- Davlat ijrochisining "sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonunning 40-moddasiga asosan, qarzdorning mol-mulki majburiyatni bajarish uchun etarli emasligi bo'yicha ijro hujjatini undiruvga qaytarish haqidagi qarori nusxasi;

- Qarzdorning oxirgi hisobot davridagi balansining soliq inspektsiyasi tasdiqlagan nusxasi,

- Qarzdorning mehnat qobiliyatini yo'qotishi (I va II guruh nogironligi) haqida tegishli ma'lumotnoma yoki o'lim holatini tasdiqlovchi guvohnoma.

 Qarzdor sug'urta qildiruvchiga sug'urtalovchi talab qilayotgan hujjatlarni o'z vaqtida taqdim etishda ko'maklashishi shart.

Sug'urtalovchining sug'urta tovonini to'lash yoki to'lashni rad etish to'g'risidagi qarori sug'urta qildiruvchiga u sug'urta tovonini to'lashni so'rab taqdim etgan ariza va ushbu shartnomada ko'rsatib o'tilgan hujjatlarni taqdim etganidan keyin 15 (o'n besh) kalendar kundan kechiktirmay xabardor qilinishi va rad etish sabablarining asoslantirilgan dalil-isbotlarini o'z ichiga olgan bo'lishi lozim.

Sug'urtalovchi sug'urta hodisasini tan olgan holatda, sug'urta hodisasi to'g'risidagi dalolatnoma tuziladi. Ushbu dalolatnoma sug'urta qildiruvchining ishtirokida rasmiylashtiriladi. Sug'urta tovoni to'lovi sug'urta hodisasi to'g'risidagi dalolatnoma imzolagandan keyin 5 (besh) ish kuni ichida amalga oshiradi.

 Agar sug'urta qildiruvchi/naf oluvchi qoplamani uchinchi shaxslardan olgan bo'lsa, sug'urtalovchi sug'urta shartlariga muvofiq to'lanishi kerak bo'lgan mablag'bilan uchinchi shaxslardan olingan mablag'o'rtasidagi farqni to'laydi. Sug'urta qildiruvchi/naf oluvchi sug'urtalovchiga bunday pullar olinganligi haqida 10 (o'n) ish kuni ichida xabar berishi shart.

Sug'urtalovchi tomonidan sug'urta qildiruvchiga sug'urta tovoni to'lovi rad etilgan taqdirda u ushbu sug'urta shartnomasi shartlariga muvofiq arizani va barcha tegishli hujjatlarni taqdim etgan kundan boshlab 15 (o'n) besh kun ichida rad etish sabablari asoslangan yozma bildirishnoma yo'llaydi.
Установите приложение на смартфон и работайте офлайн
+Установить Переводчик