СПОРТЧИЛАРНИ БАХТСИЗ ҲОДИСАЛАРДАН ЭҲТИЁТ ШАРТ СУҒУРТАЛАШ

Sug'urta qildiruvchilar yoki sug'urtalangan shaxslar (shartnoma ilovasidagi ro'yxatda ko'rsatilgan shaxslar)ning hayoti va sog'lig'iga bog'liq, qonunlarga zid kelmaydigan mulkiy qiziqishlari.


SUG'URTA HODISASI

Quyidagi hodisalar sug'urta hodisalari hisoblanadi:


a) sug'urtalangan shaxsning sport musobaqalari yoki mashg'ulotlar o'tayotgan paytda baxtsiz hodisa tufayli jarohatlanishi;

b) sug'urtalangan shaxsning sport musobaqalari yoki mashg'ulotlar o'tayotgan paytda baxtsiz hodisa tufayli o'lishi;


a-kichik bandda ko'zda tutilgan sug'urta hodisalari ro'y berganda sug'urta tovonini to'lash to'g'risidagi qaror davolash muassasasining hujjatlari asosida qabul qilinadi.

Sug'urta hodisasi - sug'urtalangan shaxsning hohish irodasiga bog'liq bo'lmagan holda uning tanasi jarohatlanishiga, tana a'zolari ishlash funktsiyasining o'zgarishiga yoki o'limiga olib keluvchi tabiatda bo'ladigan hodisalar natijasida kelib chiqqan shikastlanish (mayiblanish)lar yoki o'lim hisoblanadi. Jumladan: kuyish, muzlab qolish, cho'kish, (shamollash va kasallik tufayli vafot etishdan tashqari), elektr toki va yashin urishi, tabiat hodisalari, portlash hamda hayvonlar tajovuzi, tishlashi natijasida shikastlanishlar, g'araz niyatli shaxsni hujumi, sug'urtalangan shaxsning yiqilishi yoki ustiga biror bir jismni tushib ketishi, jismning urilishi, transport vositalarining (avtomobil, poezd, tramvay va boshqalarni) ag'darilishi yoki ularning harakati vaqtida yo'l transport hodisalarida, mashina, mexanizmlardan va boshqa turdagi asboblardan foydalanayotganda olingan jarohatlar, tasodifan nafas olish yo'liga biror narsa tiqilib qolishi, kimyoviy moddalar ta'sirida kuchli zaharlanish, tasodifan suyak sinishi, chiqishi, bo'g'im va to'qimalarning uzilishi, tana a'zolarining to'liq yoki qisman yo'qotilishi, tish sinishi, noto'g'ri tibbiy manupulyasiya natijasida a'zolarning uzilishi (jarohatlanishi, vafot etishi).

Baxtsiz hodisa – hususiyati, vaqti va joyi aniqlanishi mumkin bo'lgan turli tashqi omil (jismoniy, kimyoviy, texnik va boshqa)larning to'satdan, kutilmagan holatda ta'sir etishi.

Baxtsiz hodisa deganda sug'urtalangan shaxsning hohish irodasiga bog'liq bo'lmagan holda ularning tanasi jarohatlanishiga, tana a'zolarining ishlash funktsiyasi o'zgarishiga yoki o'limiga olib keluvchi tabiatda bo'ladigan hodisalar natijasida kelib chiqqan shikastlanish (mayiblanish)lar yoki o'lim hisoblanadi. Jumladan, kuyish, muzlab qolish, cho'kish, (shamollash va kasallik tufayli vafot etishdan tashqari), elektr toki va yashin urishi, tabiat hodisalari, portlash hamda hayvonlar tajovuzi, tishlashi natijasida shikastlanishlar, g'araz niyatli shaxsni hujumi; Sug'urtalangan shaxsning yiqilishi yoki ustiga biror bir jismni tushib ketishi, jismning urilishi, transport vositalarining (avtomobil, poezd, tramvay va boshqalarni) ag'darilishi yoki ularning harakati vaqtida yo'l transport hodisalarida, mashina, mexanizmlardan va boshqa turdagi asboblardan foydalanayotganda olingan jarohatlar; tasodifan nafas olish yo'liga biror narsa tiqilib qolishi, kimyoviy moddalar ta'sirida kuchli zaharlanish, tasodifan suyak sinishi, chiqishi, bo'g'im va to'qimalarning uzilishi, tana a'zolarining to'liq yoki qisman yo'qotilishi, tish sinishi, noto'g'ri tibbiy manupulyasiya natijasida a'zolarning uzilishi (jarohatlanishi, vafot etishi) tushuniladi.

SUG'URTA DA'VO ARIZASINI KO'RIB CHIQISH VA

SUG'URTA TOVONI, SUG'URTA PULI MIQDORINI ANIQLASH

Sug'urta tovoni yoki sug'urta pulini olish huquqi shartnoma kimning foydasiga tuzilgan bo'lsa o'sha shaxsga, sug'urtalangan shaxs vafot etganda esa naf oluvchiga tegishli bo'ladi, naf oluvchi ko'rsatilmagan hollarda esa sug'urtalangan shaxsning qonun bo'yicha vorisiga tegishlidir.

Sug'urta hodisasi yuz berganda, sug'urta qildiruvchi sug'urta hodisasi sodir bo'lgan vaqtdan 30 (o'ttiz) bank kunidan kechikmay Sug'urtalovchini ro'y bergan hodisa to'g'risida hodisani qayd etib qo'yish maqsadida yozma ravishda xabardor qilishi shart.

Sug'urta hodisasi natijasida sug'urtalangan shaxs hayoti va salomatligiga zarar etganida sug'urtalangan shaxsga sug'urta tovoni miqdorida shifokor-ekspert xulosasi asosida to'lovlar jadvaliga binoan davolash muassasasining hujjatlari asosida shikastlanish darajasi foizi hisobida aniqlanadi.  

Sug'urta hodisasi natijasida sug'urtalangan shaxs vafot etganda sug'urta puli to'liq shaxsiy sug'urta puli miqdorida aniqlanadi va naf oluvchiga to'lanadi. 

Sug'urta tovonini olish uchun sug'urtalovchiga quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

a) baxtsiz hodisa natijasida sog'liqqa zarar etganda:

-sug'urta polisi;

-Sug'urta qildiruvchi (naf oluvchi)ning arizasi;

-jarohat tufayli davolanganligi to'g'risida davolash–profilaktika muassasasidan ma'lumotnoma yoki sug'urta hodisasi sabablari, sanasi, tashhisi, davolash diagnostikasi, davolanish davomiyligi ko'rsatilishi lozim bo'lgan boshqa tibbiy hujjat;

-zarur hollarda sug'urta hodisasi haqqoniyligi va holatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, jumladan rentgen surati, tergov yoki sud idoralarining hujjatlari va boshqalar;

-shaxsni tasdiqlovchi hujjat.

b) baxtsiz hodisa natijasida vafot etganda:

-sug'urta polisi;

-Naf oluvchi shaxs (voris)ning arizasi;

-FXDYO bo'limi tomonidan berilgan o'lim to'g'risidagi guvohnoma yoki uning notarial idora tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

-vorislik huquqiga egaligini tasdiqlovchi hujjat;

-shaxsni tasdiqlovchi hujjat.

Sug'urtalangan shaxsning yumshoq to'qimalari, qulog'i, ko'zi, siydik yo'llari, jinsiy a'zolari shikastlanganda sug'urtalangan shaxs taqdim etgan tibbiy hujjatlardan hulosa chiqarish uchun kerakli ma'lumotlar etarli bo'lmasa, jarohat olgan shaxs sug'urtalovchi tomonidan mutaxassis shifokor huzuriga yuborilishi mumkin.  

Sug'urta shartnomasi (sug'urta polisi) bo'yicha sug'urtalovchi sug'urta hodisasi yuz berganda sug'urta qildiruvchiga (sug'urtalangan shaxslarga) yoki naf oluvchi shaxsga shartlashilgan sug'urta puli yoki uning tegishli qismini Davlat ijtimoiy ta'minot pulidan qat'iy nazar to'la yoki qisman to'lashi lozim.

Yuz bergan baxtsiz hodisa sug'urta hodisasi deb tan olingan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida sug'urta shartnomasi shartlariga ko'ra sug'urta tovonini to'lanadi.

Sug'urta shartnomasi amal qilish davrida sug'urtalangan shaxs bo'yicha bir necha sug'urta hodisalari oqibatida to'lanadigan sug'urta tovoni to'lovining umumiy summasi shaxsiy sug'urta puli chegarasidan oshib ketmasligi lozim.

Sug'urta tovoni (sug'urta puli) sug'urtalangan shaxs (naf oluvchi)ning bankdagi hisob raqamiga pul o'tkazib berish orqali to'lanadi.
Установите приложение на смартфон и работайте офлайн
+Установить Переводчик