ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК МАҲСУЛОТЛАРИНИ  СУҒУРТА ҚИЛИШ

 


Ushbu sug'urta shartnomasi, sug'urta faoliyatini tartibga soluvchi O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga hamda kompaniya Ustaviga mos ravishda bo'lib, qishloq xo'jalik mahsulotlarini etishtirishda "buyurtmachi" korxonalar tomonidan avans tariqasida beriladigan mablag'larning fermer xo'jaliklari tomonidan qaytara olmasligi natijasida etkazilgan zararning qoplanishini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Sug'urtalovchi, sug'urta qildiruvchining O'zbekiston Respublikasi xududidagi qonunchilikka asosan faoliyati yuzasidan uning qarzdori nochorligi (bankrotlik) natijasida zarar ko'rganligi holati bo'yicha sug'urta himoyasini taqdim etadi.

SUG'URTA HODISASI

  Qishloq xo'jalik ishlab chiqaruvchi bilan "buyurtmachi" korxona o'rtasida tuzilgan shartnomasida belgilangan muddatlarda "buyurtmasi" tomonidan to'langan avans mablag'lari doiroasida to'liq yoki qisman qishloq xo'jalik maxmulotlarini etkazib berilmasligi natijasida zararning yuzaga kelishi sug'urta hodisasi deb hisoblanadi.

  Quyidagi hollar sug'urta hodisasi hisoblanmaydi va sug'urtalovchi sug'urta majburiyatini olib bormaydi:

Sug'urtalovchi va qishloq xo'jaligiga aloqador tashkilotlar tomonidan agrotexnik tadbirlar bo'yicha o'tkazilgan monitoring natijalariga asosan tuzilgan salbiy xulosaga ko'ra avans(bo'nak) mablag'lari berilishi to'xtatilmagan bo'lsa;
Sug'urta qildiruvchi etishtirilgan qishloq xo'jalik mahsuloti bo'yicha noto'g'ri yoki qalbaki ma'lumot taqdim qilgan bo'lsa;
qishloq xo'jalik ishlab chiqaruvchi yoki "buyurtmachi" korxona tomonidan qonunga xilof xatti xarakatlar amalga oshirilgan bo'lsa;
Sug'urta qildiruvchi etishtirgan qishloq xo'jalik mahsulotini to'liq qabul qilib olish uchun o'z vaqtida choralar ko'rmagan bo'lsa;
etkazilgan mahsulot sifati talabga javob bermaganligi uchun buyurtmachi tomonidan mahsulot qabul qilinmagan bo'lsa.
SUG'URTA TOVONI

          Qishloq xo'jalik ishlab chiqaruvchi bilan "buyurtmachi" korxona o'rtasida tuzilgan shartnomasida belgilangan muddatlarda "buyurtmasi" tomonidan to'langan avans mablag'lari doirasida qishloq xo'jalik maxsulotlari to'liq yoki qisman etkazib berilmaganligi to'g'risida sug'urtalovchiga 5(besh) bank ish kunidan kechiktirmagan muddatda sug'urta qildiruvchi xabarnoma beradi.

          Sug'urta qildiruvchi xabarnoma bilan birga sug'urta xodisasi bo'lganligi va sug'urta tovonini aniqlash bo'yicha quyidagi hujjatlarni taqdim etadi :

qaytarilmagan avans (bo'nak) miqdori to'g'risida sug'urta qildiruvchi tashkiloti rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolangan yakuniy hisob-kitob bo'yicha ma'lumotnoma;
"Sug'urta qildiruvchi" –("buyurtmachi" korxona) bilan qishloq xo'jalik maxsulotlarini etkazib berish shartnomasini tuzgan korxona o'rtasida mavjud bo'lgan qarzdorlik haqida tuzilgan solishtirma dalolatnoma nusxasi; Agar korxona tomonidan solishtirma dalolatnomasini imzolashdan bosh tortilsa, bu xolda "sug'urta qildiruvchi" tomonidan tegishli tartibda solishtirma dalolatnomasi korxonaning pochta manziligi yuboriladi va uch kun ichida yozma shaklda rad javobi kelmasa solishtirma dalolatnomasi imzo chekilgan xisoblanadi, bu xolda "sug'urta qildiruvchi" bir tomonlama imzo chekilgan solishtirma dalolatnomasi bilan birga pochta kvitantsiyasini taqdim etadi; 
avans mablag'lari yo'naltirilgan xizmat ko'rsatuvchi korxonalar bilan mavjud debitorlik va kreditorlik qarzlari to'g'risidagi solishtirma dalolatnomalari nusxalari;
Qishloq xo'jalik mahsulotini etishtirish uchun "buyurtmachi" korxona tomonidan ajratilgan avans (bo'nak) mablag'lari harakati bo'yicha sug'urta qildiruvchining hisob - varag'idan ko'chirma;
Sug'urta polislari nusxasi.
Avans mablag'larining qaytarilmaslik sabablarini tasdiqlovchi aybdor shaxslar to'g'risida hujjatlar.
          Sug'urta tovoni hajmi - berilgan sug'urta polis bo'yicha sug'urta puli (javobgarligi)dan yakuniy hisob-kitoblar va statistika ma'lumotlari asosida avans (bo'nak) oluvchi tomonidan "buyurtmachi" korxonaga topshirilgan qishloq xo'jalik mahsuloti qiymati va avans mablag'lari yo'naltirilgan debitorlik qarzlarining ayirmasi bilan aniqlanadi.

          Sug'urtalovchi hujjatlarni olgach, sug'urta hodisasi tan olinganligi to'g'risidagi dalolatnoma tuzilgandan so'ng 5 (besh) bank ish kuni ichida "buyurtmachi" korxonaga sug'urta tovonini to'lab beradi.

Sug'urta tovoni to'lash rad qilinganda uning sabablari asoslantirilgan holda qaror qabul qilinishi va 15 (o'n besh) kun muddatda sug'urta qildiruvchiga yozma xabar beriladi.
Установите приложение на смартфон и работайте офлайн
+Установить Переводчик