МОЛ-МУЛКНИ СУҒУРТАЛАШ

Mol-mulkni sug'urta qilish shartnomasida (bundan buyon matnda – shartnoma deb yuritiladi) ko'zda tutilgan shartlar, istisno va ilovalarga muvofiq, sug'urtalovchi shartnomada ko'rsatilgan sug'urta hodisasi yuz bergan taqdirda, sug'urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) shartnomada kelishilgan sug'urta puli doirasida sug'urta tovonini to'lab berish majburiyatini oladi.

Sug'urtalovchi ushbu shartnomaga ko'ra mol-mulk ro'yxatida ko'rsatilgan sug'urta qildiruvchining mol-mulkini shartnomada sanab o'tilgan xavflardan sug'urta qilishni o'z zimmasiga oladi.

 

  Sug'urta qildiruvchining sug'urta qildirilgan mol-mulki ro'yxati keltirilib, shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

  Sug'urta qildiruvchi shartnoma bo'yicha belgilangan sug'urta mukofotini sug'urtalovchiga to'liq va o'z vaqtida to'lash majburiyatini oladi.

 

SUG'URTA HODISALARI

  Ushbu shartnomaga asosan sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchi tomonidan so'rovnoma-arizada tanlangan xavf guruhlari (turlari) bo'yicha sug'urta hodisasi yuz berishi natijasida sug'urta ob'ektlariga zarar etkazilgan va bu fakt maxsus vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan taqdirda sug'urta qildiruvchiga zararni qoplab berish majburiyatini oladi.

  Barcha holatlarda ham quyidagi hodisalar natijasida vujudga kelgan zarar to'lab berilmaydi:

  - yadroviy portlash, radiasiya yoki radioaktiv zaharlanish;

  - harbiy harakatlar, shuningdek, mashqlar va boshqa harbiy tadbirlar;

  - fuqarolik urushlari, turli ko'rinishdagi xalq qo'zg'alonlari yoki ish tashlashlar;

  - davlat organlari farmoyishiga ko'ra mol-mulkni musodara qilish, konfiskasiya qilish, rekvizisiya qilish, hisobga olish yoki yo'q qilish;

  - tabiiy ofat, er osti yoki o'rmon yong'ini natijasida, agarda shartnoma sug'urta ob'ekti joylashgan hududning mahalliy maxsus vakolatli organ (FVV, gidrometeorologik xizmat, YoXBB va boshqa)lari tomonidan tabiiy ofatlar, er osti va o'rmon yong'inlari yuz berishi xavfi mavjudligi haqida xabar berilganidan so'ng tuzilgan bo'lsa;

  - Sug'urta qildiruvchining sug'urta hodisasi yuz berishiga qaratilgan qasddan qilgan harakatlari va/yoki harakatsizligi. Sug'urta qildiruvchining o'zfuqarolik burchlarini ado etish, hayoti, sog'lig'i, obro'si va qadr-qimmatini himoya qilish bilan bog'liq bo'lgan harakatlari bundan mustasno;

  - Sug'urta qildiruvchining toksik, narkotik yoki alkogol moddalar ta'sirida mast holatidagi harakatlari (harakatsizligi);

  - Sug'urta qildiruvchi tomonidan sug'urta ob'ektini ekspluatasiya qilish va unga xizmat ko'rsatish bo'yicha me'yoriy hujjatlar va yo'riqnomalar talablariga qo'pol tarzda yoki jinoiy (maxsus vakolatli organlarning xulosalariga ko'ra) amal qilmaslik, shuningdek, ushbu ob'ektdan belgilangandan ko'ra boshqa maqsadlarda foydalanish;

  - maxsus tayyorgarlik ko'rmagan va tegishli ruxsatnomaga ega bo'lmagan shaxslar tomonidan sug'urta qilingan ob'ektlarni ekspluatasiya qilish va ularga xizmat ko'rsatish;

  - Shartnomani tuzish vaqtida mavjud bo'lgan mol-mulkdagi nuqsonlar tufayli.

 

ZARAR MIQDORINI ANIQLASH VA SUG'URTA TOVONINI TO'LASH

  Sug'urta tovoni sug'urta qildiruvchi tomonidan shartnomada belgilangan sug'urta mukofotini to'liq va o'z vaqtida to'lagandagina to'lab beriladi. Agar sug'urta qildiruvchi sug'urta hodisasi sodir bo'lgunga qadar, shartnomada ko'rsatilgan sug'urta mukofotining faqatgina bir qismini to'lagan bo'lsa, u holda sug'urtalovchi sug'urta hodisasi yuz bergan vaqtda sug'urta summasining miqdorini sug'urta mukofotining to'langan qismiga mutanosib ravishda cheklaydi.

   

  Sug'urta tovonini to'lash uchun sug'urta qildiruvchining sug'urtalangan ob'ektga zarar etkazilganligi haqidagi arizasi, sug'urtalovchining vakillari tomonidan tuzilgan ko'zdan kechirish dalolatnomasi, hamda vakolatli organlarning (gidrometeorologik xizmat, YoXBB, FVV, IIV, tergov organlari, sud va boshqa maxsus vakolatli organlarning ma'lumotnomalari) hujjatlari asos hisoblanadi.

Sug'urta qildiruvchi sug'urtalovchiga ariza bilan birgalikda zarar sababi va miqdorini tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlarni taqdim etishi shart.

  Har bir tomon mustaqil ekspertizani, uni o'tkazish taklifini bildirgan tomon hisobiga o'tkazilishini talab qilish huquqiga ega. Ekspertiza o'tkazilgandan so'ng sug'urta hodisasi hisoblanmaydigan hodisalar bo'yicha ekspertiza harajatlari sug'urta qildiruvchi tomonidan qoplanadi.
Установите приложение на смартфон и работайте офлайн
+Установить Переводчик