КАФОЛАТНИ СУҒУРТАЛАШ

 

 

            Sug'urtalovchi ushbu shartnoma bilan shartlashilgan to'lov (sug'urta mukofoti) evaziga ushbu shartnomada ko'rsatilgan voqea (sug'urta hodisasi) sodir bo'lganda sug'urta qildiruvchiga mazkur voqea oqibatida etkazilgan zararlarni ushbu shartnomada belgilangan miqdor (sug'urta puli) chegarasida qoplash majburiyatini oladi.

  Sug'urta ob'ekti bo'lib sug'urta qildiruvchining Printsipal tomonidan sug'urta qildiruvchi bergan kafolati bo'yicha naf oluvchiga to'lagan mablag'larni qoplash majburiyatlarini bajarilmasligi natijasida yuzaga kelgan zararlar bilan bog'liq mulkiy manfaatlari hisoblanadi. 

  Sug'urta hodisasi bo'lib kafolatga muvofiq to'langan mablag'ni qaytarish bo'yicha belgilangan muddat tugashi bilan kafolatni taqdim etish shartnomasiga binoan berilgan kafolat bo'yicha naf oluvchiga to'langan mablag'ni Printsipal sug'urta qildiruvchiga qaytarishga qobiliyatsiz bo'lishi natijasida sug'urta qildiruvchiga zarar etishiga olib kelgan voqea hisoblanadi.

Sug'urta hodisasi sodir bo'lishi bilan bog'liq zararni qoplash haqidagi talab sug'urtalovchi tomonidan faqat kutish davri tugagandan keyin, lekin zarar yuzaga kelgan sanadan 30 (o'ttiz) kundan kechiktirmasdan, sug'urta qildiruvchi taqdim etgan hujjatlar va sug'urta qildiruvchiga zarar etkazilganligini tasdiqlovchi dalillar asosida ko'rib chiqiladi.

Sug'urta qildiruvchi sug'urta hodisasi yuzaga kelganligini talab qilish haqidagi arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilishi shart:

- Sug'urta polisi;

- Naf oluvchining kafolatni bajarilishi to'g'risida yozma talabnomasi;

- Kafolatni bajarish uchun sug'urta qildiruvchining hisobidan pul mablag'larini ro'yxatdan chiqarish haqida bank ko'chirmasi;

Sug'urtalovchi sug'urta hodisasi sabablari va tafsilotlarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida sug'urta hodisasini tan olish yoki tan olmaslik haqida qaror chiqariladi. Sug'urtalovchi sug'urta hodisasini tan olgan taqdirda sug'urta hodisasi to'g'risida dalolatnoma tuziladi, sug'urta tovonining miqdori belgilanadi. Sug'urtalovchi tomonidan sug'urta qildiruvchiga sug'urta tovonining to'lovi sug'urta hodisasi tan olingan va sug'urta hodisasi to'g'risida dalolatnoma imzolangan kundan 10 (o'n) kun ichida amalga oshiriladi.

Sug'urtalovchining sug'urta tovonini to'lashni rad etishi haqidagi qarori sug'urta qildiruvchi sug'urta tovonining to'lanishi haqidagi ariza bilan murojaat etgandan boshlab, unga o'n besh kun ichida xabar qilinishi va rad etishning asoslangan sabablarini o'z ichiga olgan bo'lishi kerak.

Printsipalning javobgarligi bo'yicha sug'urtalovchi sug'urta tovonini to'lagan taqdirda, qoplangan zararni talab qilish huquqi sug'urta qildiruvchidan sug'urtalovchiga o'tadi.

Sug'urta qildiruvchi ushbu shartnoma bo'yicha sug'urta tovonini olgunga qadar sug'urtalovchiga barcha hujjatlar va isbotlarni hamda sug'urtalovchi unga o'tgan talab qilish huquqini amalga oshirishi uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarni taqdim etishi shart. 

Sug'urta qildiruvchi sug'urtalovchiga bitim va kafolat shartlaridan kelib chiqadigan, har qanday cheklovlardan ozod (kreditorlik tilxati, uchinchi shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va b.) har qanday shaxs yoki tashkilotga barcha regress huquqini taqdim etishi shart, agar shunday bo'lsa, sug'urtalovchi uchinchi shaxslar oldida talab qilish bo'yicha ustuvor huquqqa ega bo'lishi shart.