УЙ-ЖОЙ (КВАРТИРА) ЭГАЛАРИ ФУҚАРОЛИК  ЖАВОБГАРЛИГИНИ СУҒУРТАЛАШ

 


Mazkur shartnoma shartlari asosida sug'urtalovchi O'zbekiston Respublikasidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarini-sug'urta qildiruvchini (shu jumladan ijara shartnomasi asosida foydalanuvchi) o'z uy-joyi (kvartirasi) dan foydalanishida, joriy va kapital ta'mirlashida hamda tuzilishini o'zgartirishida (yakka tartibda qurilgan uy-joylar uchun) uchinchi shaxslar (yuridik va jismoniy shaxslar) ning hayoti va salomatligiga, mol-mulkiga etkazilishi mumkin bo'lgan zararni qoplash bo'yicha fuqarolik javobgarligini sug'urtalaydi.
Sug'urta qildiruvchi sug'urta mukofotini to'lagandan so'ng, sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchining (shu jumladan ijara shartnomasi asosida foydalanuvchi) o'z uy-joyi (kvartirasi) dan foydalanishida, joriy va kapital ta'mirlashida hamda tuzilishini o'zgartirishida (yakka tartibda qurilgan uy-joylar uchun) sug'urta hodisalari sodir bo'lganda sug'urta tovoni (sug'urta puli) to'lab berish majburiyatini oladi.

 Sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchining (shu jumladan ijara shartnomasi asosida Foydalanuvchining) o'z uy-joyi (kvartirasi) dan foydalanishida, joriy va kapital ta'mirlashida hamda tuzilishini o'zgartirishida (yakka tartibda qurilgan uy-joylar uchun) quyidagi sug'urta hodisalari sodir bo'lganda sug'urta tovoni (sug'urta puli) to'lanishini amalga oshiradi:

Sug'urta qildiruvchini uchinchi shaxslar oldida fuqarolik javobgarligi paydo bo'lishi holatlari;
Sug'urta qildiruvchining zimmasiga qonunga muvofiq yuklatilgan vazifalarni bajarilishi yoxud lozim darajada bajarilmaganligi, uning harakatlari (harakatsizligi) oqibatida uchinchi shaxslarga zarar etkazilishiga olib kelgan tarzda zarar etkazilishi holatlari;
Uchinchi shaxsga etkazilgan zararni qoplash to'g'risidagi da'voni ixtiyoriy tartibda sug'urtalovchi bilan kelishilgan holda sug'urta qildiruvchi tomonidan da'voni qondirilishi;
havf - yuz berishi mumkin bo'lgan, tasodifiy xarakterda, aniq bo'lishi lozim.

Sug'urtalovchi sodir bo'lgan sug'urta hodisasini tasdiqlovchi barcha hujjatlar olingandan keyin hodisani tasdiqlash to'g'risidagi ma'lumotnomani tuzadi.

Etkazilgan zarar bo'yicha sug'urta tovoni sug'urta puli doirasida aniqlanadi va to'lanadi. Zarar miqdori aybdor, jabrlanuvchi shaxs yoki uning ishonchli vakili ishtirokida aniqlanadi.

Sug'urtalovchi zarur bo'lgan holatlarda zararni aniqlash uchun betaraf ekspertni jalb qilish huquqiga ega. Ziddiyatlar vujudga kelgan hollarda zarar miqdori sud orqali aniqlanadi.

Etkazilgan ziyon uchun sug'urta tovoni (sug'urta puli), jabrlanuvchiga uning boshqa sug'urta shartnomalari yuzasidan mazkur hodisa uchun to'lanishi lozim bo'lgan sug'urta pulidan qat'iy nazar, to'lanadi.

Jabrlanuvchining sihat-salomatligiga etkazilgan ziyon uchun to'lov miqdori, sug'urtalovchi tomonidan davolash muassasasi bergan tegishli hujjat asosida olingan tan jarohatining og'ir yoki engilligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi yoki uning vafoti to'g'risida guvohnoma nushasi asosida belgilanadi.

Sihat-salomatlikka etkazilgan ziyon uchun to'lov uchinchi shaxsning hayoti va salomatligiga etkazilgan zararni qoplash uchun yo'naltiriladigan mablag'dan - (sug'urta shartnomasidan kelib chiqib) sug'urta pulidan quyidagi miqdorda amalga oshiriladi:

kishi halok bo'lganda – 100 foiz;
shikastlanish (I guruh nogironligi uchun) – 80 foiz;
shikastlanish (II guruh nogironligi uchun) – 60 foiz;
shikastlanish (III guruh nogironligi uchun) – 40 foiz;
nogironlik belgilanmagan shikastlanish va tan jarohati uchun – 20 foiz.
       Har bir haqiqatda sodir etilgan sug'urta hodisasi sababli mol-mulkka etkazilgan zarar va jabrlanuvchining sihat-salomatligiga keltirilgan ziyon uchun sug'urta tovoni to'lovi bir yo'la amalga oshiriladi.

Ma'lumotlar va barcha xujjatlarni sug'urtalovchi tomonidan tuzilgan komissiya ko'rib chiqib, sug'urta hodisasi tan olinganligi yoki tan olinmaganligiga qarab qaror qabul qilinadi. Sug'urta tovoni 3 kun ichida sug'urta qildiruvchiga yoki uchinchi shaxsga dalolatnoma asosida to'lab beriladi.

Agar sug'urta tovonini (sug'urta pulini) to'lash belgilangan muddatda amalga oshirilmagan bo'lsa, sug'urtalovchi sug'urta tovoniga qo'shimcha ravishda, sug'urta tovonini to'lash to'g'risida qaror qabul qilingan kundagi bank foizining hisob stavkasidan kelib chiqqan holda penya to'laydi.

Sug'urta qildiruvchi sug'urta shartnomasi shartlari asosida franshiza qo'llab sug'urta tovonini bir qismini to'lamasligi mumkin.

Sug'urtalovchi sug'urta shartnomasi muddati amaldaligi vaqtida sug'urta qildiruvchidan sug'urta hodisasi to'g'risida da'vo (xabarnoma) arizasi olgan bo'lsa, sug'urta qildiruvchi sug'urta tovoni (sug'urta puli) ni sug'urta shartnomasi muddati tugagandan so'ng ham olishi mumkin.

Mol-mulkga nisbatan ko'rilgan zarar miqdori O'zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan eng kam ish haqi miqdorining 150 barobaridan yuqori bo'lgan holatlarda sud qarori asosida to'lanadi.