КРЕДИТ ОЛУВЧИНИНГ КРЕДИТ ҚАЙТАРИЛМАСЛИГНИ СУҒУРТАЛАШ


Sug'urtalovchi, sug'urta qildiruvchi bankrotligi tufayli naf oluvchi oldidagi kredit qarzlarini sug'urta puli doirasida qaytarishi bo'yicha javobgarligini yuzaga kelishidan sug'urta himoyasini taqdim etadi.

SUG'URTA HODISASI

Sug'urta qildiruvchining bankrotligi tufayli naf oluvchi oldidagi kredit qarzlarini qaytarilmasligi bo'yicha javobgarligini yuzaga kelishi sug'urta hodisasi hisoblanadi.
SUG'URTA TOVONI
Naf oluvchi sug'urta qildiruvchi tomonidan kredit mablag'larini o'z vaqtida qaytarilishi uchun barcha choralarini ko'radi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda sud orqali undirish choralarini ko'radi.

Berilgan kredit mablag'larini qaytarish muddati kelganda kreditlar va unga hisoblangan foizlar birinchi navbatda bank tomonidan sug'urta qildiruvchining hisob raqamlaridan (memorial orderlar) undiriladi.

Sug'urta qildiruvchi (kredit oluvchi) tomonidan naf oluvchiga qaytarilgan qarz summalari birinchi navbatda sug'urtalovchi tomonidan mazkur sug'urta shartnomasi va sug'urta polisi bo'yicha olingan sug'urta javobgarligiga yo'naltirilgan hisoblanadi.

Kredit shartnomasi shartlariga muvofiq sug'urta qildiruvchi o'zining naf oluvchi oldidagi kredit bo'yicha qarzlarini to'liq qaytarmasligi natijasida uning javobgarligi vujudga kelganda, kredit shartnomasida belgilangan qarz mablag'lari qaytarilishining oxirgi to'lov sanasidan kutish davri (60 kun) o'tgandan so'ng, sug'urta qildiruvchi/naf oluvchi hodisa to'g'risida 5 (besh) kun ichida sug'urtalovchiga yozma ravishda xabar beradi.

Xabarnoma erkin holda yoziladi va unda sug'urta qildiruvchi (kredit oluvchi) tomonidan kredit qarzlarini qaytarishi bilan bog'liq tafsilotlar, hisob-kitoblar bayon etilib, tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

-sug'urta polisi;

-sug'urta hodisasi ro'y berganligini tasdiqlovchi hujjatlar va etkazilgan zarar miqdori;

-to'lov topshiriqnomalari, to'lov talabnomalari, sug'urta qildiruvchi (kredit oluvchi)ning depozit va kredit hisob raqamlari holati to'g'risidagi tasdiqlangan bank ma'lumotnomasi;

-Sug'urta qildiruvchi (kredit oluvchi)ning kredit shartnomasini ijro qilishi bilan bog'liq bo'lgan, ssuda va hisoblangan foizlar hisob-raqamlaridagi pul oqimlarini harakati to'g'risidagi tasdiqlangan bank ko'chirmasi;

-Naf oluvchini kredit shartnomasiga muvofiq qarzdorlikni undirish bo'yicha o'z huquqlaridan foydalanib amalga oshirgan chora-tadbirlarini tasdiqlovchi hujjatlar;

-sug'urta hodisasi oqibatlari, sabablarini o'rganish uchun zarur bo'lgan xabarnomalar, xatlar, talabnomalar, yozishmalar va boshqa hujjatlar;

-Sug'urta qildiruvchining bankrotligini tasdiqlovchi sud qarori.

Sug'urtalovchi xabarnomani olgandan so'ng, hodisa ro'y berganligini o'rganib chiqib, ro'y bergan hodisa to'g'risida dastlabki ma'lumotnomani tuzadi. Dastlabki ma'lumotnoma sug'urtalovchi, naf oluvchi va sug'urta qildiruvchi hamda mutasaddi tashkilotlarning vakillari ishtirokida tuziladi.

Sug'urta tovonlarining hajmi olingan moliyaviy ma'lumotlar asosida, naf oluvchi va sug'urta qildiruvchining moliyaviy xo'jalik faoliyatidagi statistik va buxgalteriya hisobotlari to'g'risidagi ma'lumotlariga va debitor hamda shartnomaviy munosabatda bo'lgan yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnoma majburiyatlari bajarilganligiga tayanib aniqlanadi.

Sug'urta tovoni sug'urtalovchi tomonidan olingan sug'urta javobgarligi bo'yicha ajratilgan kredit mablag'laridan kreditning qaytarilgan qismi ayirmasidan kelib chiqib aniqlanadi.

Agar sug'urta polisida sug'urta puli sug'urta qiymatidan kam qilib belgilangan bo'lsa, sug'urtalovchi sug'urta hodisasi yuz berganida naf oluvchiga u ko'rgan zararni sug'urta pulining sug'urta qiymatiga bo'lgan nisbatiga mutanosib ravishda qoplaydi.

Sug'urtalovchining to'lov komissiyasi tomonidan sug'urta tovonini to'lash to'g'risidagi qarori qabul qilingandan keyin tomonlar o'rtasidagi sug'urta hodisasi tan olinganligi haqidagi dalolatnoma tuzilganidan so'ng naf oluvchiga 5 (besh) ish kuni ichida aniqlangan sug'urta tovoni to'lab beriladi.
Установите приложение на смартфон и работайте офлайн
Установить Переводчик