ИСТЕЪМОЛ КРЕДИТИНИ ҚАЙТМАСЛИК ХАВФИДАН КОМПЛЕКС  СУҒУРТАЛАШ

 

Sug'urtalovchi mazkur sug'urta shartnoma shartlari va yoki ushbu sug'urta shartnomasining ajralmas qismi bo'lgan qo'shimcha kelishilgan shartlar, istisnolar va ilovalarga muvofiq, sug'urta qildiruvchi yoki naf oluvchi sug'urta mukofotini mazkur sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan miqdor va muddatlarda to'lash majburiyatini olish sharti bilan ko'rsatilgan tartib va hajmda sug'urta qildiruvchi va/yoki olishga vakolati bo'lgan boshqa shaxsga sug'urta hodisasi natijasida yuzaga kelgan zararni qoplash majburiyatini oladi. Bunda sug'urta qildiruvchi sug'urtalovchiga sug'urta shartnomasining predmeti yuzasidan taqdim etilgan ariza-so'rovnomadagi ma'lumotlarning to'g'ri ekanligini tasdiqlaydi hamda mazkur ariza-so'rovnoma sug'urta shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi.      

Kreditni sug'urta qilish shartnomasi qarzdor baxtsiz hodisa natijasida qisman yoki to'liq mehnatga layoqatini yo'qotgan yoki vafot etgan taqdirda qarzdor va uning oilasiga olingan kreditni qaytarish bo'yicha moddiy yordamni ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksi, O'zbekiston Respublikasining "sug'urta faoliyati to'g'risida" gi Qonuni, 1, 14 klasslar bo'yicha sug'urta qilish qoidalari va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilgan va kreditlarini sug'urtalashning asosiy shartlarini belgilaydi.

SUG'URTA HODISASI

Ushbu sug'urta shartnomasiga muvofiq sug'urtalovchi quyidagi voqealar natijasida sug'urta qildiruvchi tomonidan naf oluvchiga taqdim etgan kreditni qaytarish bo'yicha majburiyatlarini bajarmasligidan sug'urta himoyasini taqdim etadi:

Sug'urta qildiruvchining to'lovga qobiliyatsizligi.

Sug'urta qildiruvchining to'lovga qobiliyatsizligi bo'lib, sug'urta qildiruvchining quyidagi hodisalar natijasida kredit bo'yicha asosiy qarzni to'lamasligi yoki boshqa to'lay ololmasligi hisoblanadi:

a) sug'urta qildiruvchi sug'urta shartnomasining amal qilish muddati mobaynida baxtsiz hodisa natijasida vafot etishi;

b) sug'urta qildiruvchir sug'urta shartnomasining amal qilish muddati mobaynida baxtsiz hodisa natijasida mehnatga vaqtincha umumiy layoqatini yo'qotishi;

v) sug'urta qildiruvchi sug'urta shartnomasining amal qilish muddati mobaynida baxtsiz hodisa natijasida doimiy to'liq mehnatga umumiy layoqatini yo'qotishi (nogironlik) hamda uning natijasida har qanday turdagi mehnat faoliyati bilan boshqa shug'ullanish imkoniyatini yo'qotilishi;

Sug'urta hodisasi bo'lib, sodir bo'lishi natijasida iste'mol krediti evaziga xarid qilingan mulkning nobud bo'lishi yoki uning shikastlanishiga olib keluvchi va sug'urtalovchining sug'urta tovonini to'lash majburiyatini keltirib chiqaruvchi quyidagi voqea hisoblanadi:

- yong'in;

- buzib o'g'irlik qilish, uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari;

SUG'URTA TOVONI TO'LASH TARTIBI VA SHARTLARI

Sug'urta tovoni (ta'minoti) sug'urta pulidan kelib chiqqan holda sug'urtalovchi tomonidan naf oluvchi sug'urta qildiruvchiga sug'urta shartnomasida miqdori va to'lash tartibi ko'rsatilgan sug'urta mukofotining to'liq va o'z vaqtida to'laganligidan kelib chiqib, mutanosib ravishda amalga oshiriladi.

Sug'urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, sug'urta tovonining to'lovi naf oluvchiga ko'rsatgan bank hisob raqamiga pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.

Agar O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko'rsatilgan da'vo qilish muddatlari mobaynida qonun yoki mazkur sug'urta shartnomasiga muvofiq sug'urta tovonini olgan naf oluvchi sug'urta tovonini olish huquqidan butunlay yoki qisman mahrum qiluvchi tafsilotlar aniqlansa, olingan mablag'larni (yoki ularning tegishli qismini) qaytarishi shart.

Sug'urta shartnomasi shartlariga ko'ra, sug'urta hodisasi deb tan olinishini mumkin bo'lgan voqea sodir bo'lganda, naf oluvchi/sug'urta qildiruvchi voqea sodir bo'lgandan boshlab 30 (o'ttiz) kalendar kuni ichida xabarni ob'ektiv qayd etish imkonini beruvchi har qanday mavjud uslubda (tel. faks, e-mail, Telegramma va b.q.) Sug'urtalovchini xabardor qilishi shart.

Agar naf oluvchi sug'urta qildiruvchida Sug'urtalovchini belgilangan muddatlarda sug'urta hodisasi sodir bo'lganligi haqida xabardor qilish imkoniyati bo'lmasa, sug'urtalovchi da'voni O'zR qonun hujjatlarida o'rnatilgan da'vo qilish muddatlari ichida qabul qilish majburiyatini oladi. Ammo sug'urtalovchi o'z vaqtida xabar qilish imkoniyati haqiqatdan naf oluvchi sug'urta qildiruvchida mavjud bo'lmaganligining isbotini talab qilish huquqiga ega.    

Sug'urta tovonini (ta'minotini) olish uchun sug'urtalovchiga quyidagilar taqdim etilishi lozim:

a) sug'urta qildiruvchining arizasi;

b) sug'urta polisi;

v) notarial tasdiqlangan sug'urta qildiruvchining o'limi haqidagi guvohnoma;

g) sug'urta qildiruvchining vaqtinchalik, doimiy to'liq mehnatga layoqatini yo'qotganligini tasdiqlovchi tegishli xujjatlarning nusxalari, ob'ektiv, shu jumladan sug'urta qildiruvchiga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra, daromadining yo'qotilishini, qonun hujjatlarida o'rnatilgan tartibda ishsiz maqomini olganligini tasdiqlovchi xujjatlar va b.q.;

D) kredit shartnomasining nusxasi;

e) sug'urta hodisasi sodir bo'lgan sanada sug'urta qildiruvchining kredit shartnomasi bo'yicha so'ndirilmagan qarzining miqdori haqidagi sug'urta qildiruvchining ma'lumotnomasi;

j) naf oluvchi/sug'urta qildiruvchi o'rtasidagi barcha o'zaro hisob-kitoblarni tasdiqlovchi hujjatlarning naf oluvchi tomonidan asliga to'g'ri ekanligini tasdiqlangan nusxalari;

z) sug'urta hodisasining sabablari va tavsifini aniqlash uchun zarur boshqa xujjatlar.

Sug'urtalovchi sug'urta hodisasi sodir bo'lganligini tan olgan taqdirda 3 (uch) ish kuni ichida sug'urta hodisasi to'g'risidagi dalolatnomani tuzadi. Unda olingan barcha ma'lumotlar ko'rsatiladi va to'lanishi lozim bo'lgan sug'urta tovonining miqdori belgilanadi. Sug'urta hodisasi to'g'risidagi dalolatnoma sug'urtalovchi, naf oluvchi/sug'urta qildiruvchi vakillari ishtirokida rasmiylashtiriladi.      

Sug'urtalovchi tomonidan sug'urta tovoni sug'urta puli sug'urta hodisasini ko'rib chiqish uchun zarur bo'lgan barcha hujjatlarni olgandan keyin va sug'urta hodisasi to'g'risidagi daloltnoma imzolangandan so'ng 5 (besh) bank kuni ichida to'lanadi.
Установите приложение на смартфон и работайте офлайн
+Установить Переводчик