АВТОТРАНСПОРТ ВОСИТАЛАРИГА ЎРНАТИЛГАН ГАЗ УСКУНАЛАРИНИ СУҒУРТАЛАШ


Avtotransport vositasiga o'rnatilgan gaz uskunasidan foydalanish oqibatida yuz berishi mumkin bo'lgan qaltisliklardan sug'urtalash.

Shartnoma bo'yicha sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchining avtotransport vositasiga o'rnatilgan gaz uskunasini yo'l transport hodisasi (YTH), yong'in va portlash natijasida yo'qotilishi yoki zararlanishi hamda avtotransport vositalariga o'rnatilgan gaz uskunasining portlashi yoki yong'in chiqishi oqibatida uchinchi shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar)ga etkazilgan zararni qoplanishi bilan bog'liq bo'lgan O'zbekiston Respublikasining qonun xujjatlariga zid bo'lmagan mulkiy manfaatlarini sug'urta qilishi shartnomaning mazmuni hisoblanadi.

Mazkur shartnomaga muvofiq avtotransport vositasiga o'rnatilgan gaz uskunasini yo'l transport hodisasi (YTH), yong'in va portlash natijasida yo'qotilishi yoki zararlanishi hamda avtotransport vositalariga o'rnatilgan gaz uskunasini portlashi yoki yong'in chiqishi oqibatida uchinchi shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar)ga zarar etkazilishi sug'urta hodisasi hisoblanadi.

Sug'urta hodisasi ro'y berganda sug'urta qildiruvchi yoki uchinchi shaxslar sug'urta hodisasi haqida sug'urtalovchiga 3 (uch) kun ichida yozma ravishda xabarnoma beradi.

Sug'urta qildiruvchi sug'urta hodisasi yuz berganda sug'urtalovchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

-Sug'urta to'lovini olish to'g'risida ariza;

-Sug'urta shartnomasi;

-Sug'urta polisi;

-Sug'urta hodisasi natijasida avtotransport vositasiga o'rnatilgan gaz uskunasinining zararlangan, nobud bo'lgan yoki yo'qotilganligini tasdiqlab tuzilgan ma'lumotnoma va sug'urta hodisasi uchun aybdor yuridik yoki jismoniy shaxsning tushuntirish xati;

-Lintseziyaga ega bo'lgan baholovchi tashkilot yoki ekspertlarning baholash xisoboti;

-zarar miqdorini aniqlash uchun zarur bo'lgan fotosurat yoki videotasmalar bilan ta'minlash;

-Sug'urta hodisasini tasdiqlovchi mutasaddi tashkilotlarning hujjatlari;

-Sug'urta qildiruvchi o'ziga ma'lum bo'lgan sug'urta hodisasiga oid boshqa ma'lumotlar;

-baholovchi tashkilotning zarar miqdorini aniqlash uchun amalga oshirgan baholash hisoboti.

Avtotransport vositasiga o'rnatilgan gaz uskunasining zararlanishi yoki avtotransport vositalariga o'rnatilgan gaz uskunasini portlashi oqibatida uchinchi shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar)ga zarar etkazilishi bo'yicha sug'urta tovoni to'lash tartibi:

-Avtotransport vositasiga o'rnatilgan gaz uskunasi to'liq yo'qotilganda sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchiga sug'urta tovonini avtotransport vositasiga o'rnatilgan gaz uskunasi sug'urtalangan sug'urta puli doirasida to'laydi.

-Uchinchi shaxslarning mol-mulkiga zarar etkazilganda sug'urta tovoni sugurta pulining 35 foizidan, xayoti yoki sog'ligiga zarar etkazilganda sug'urta tovoni mikdori sug'urta pulining 65 foizidan ortiq bo'lishi mumkin emas.

-Sug'urta hodisasi, shuningdek, keltirilgan zararni isbotlash sug'urta qildiruvchi zimmasiga yuklanadi.

-Avtotransport vositasiga o'rnatilgan gaz uskunasining takomillashtirilishi yoki o'zgartirilishi, yangilanishi bilan bog'liq xarajatlar, sug'urta qildiruvchi tomonidan zararni baholatish ishlari uchun qilingan harajatlar sug'urtalovchi tomonidan qoplanmaydi.

-Avtotransport vositasiga o'rnatilgan gaz uskunasining eskirish qiymati tovar ko'rinishi va sug'urta polisida kelishilgan franshiza miqdori har bir to'lanayotgan sug'urta tovoni miqdoridan chegirib qolinadi.

-Sug'urta tovoni sug'urta qildiruvchi tomonidan tijorat bankida ochilgan hisob raqamiga pul mablag'ini o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.