ХАВФЛИ ЮКЛАРНИ ТАШИШ  ФУҚАРОЛИК ЖАВОБГАРЛИГИНИ СУҒУРТАЛАШ

 

Mazkur shartnoma bo'yicha sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchi tashkilot yoki korxonaning avtotransport vositasida xavfli yuklarni tashish vaqtida, sug'urta shartnomasi amal qiladigan davrda ro'y bergan nazorat qilib bo'lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishi oqibatida boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga etkazilgan zararni sug'urta qildiruvchi tomonidan qoplash bo'yicha fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi bilan bog'liq bo'lgan mulkiy manfaatlarini sug'urta qilish mazkur shartnomaning mazmuni hisoblanadi.

 Sug'urta qildiruvchining xavfli yuklarni avtotransport vositalarida tashish vaqtida avariya sodir bo'lib, xavfli yuklarning portlashi yoki moddalarning ajralib chiqishi oqibatida boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga etkazilishi mumkin bo'lgan zararni qoplash bo'yicha fuqarolik javobgarligining boshlanishi fakti sud qarori bilan kuchga kirib tasdiqlanishi sug'urta hodisasi hisoblanadi.

 Sug'urta qildiruvchining quyidagilar oqibatida paydo bo'lgan fuqarolik javobgarligi sug'urta hodisasi deb e'tirof etilmaydi:

a) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 16 fevraldagi 35-sonli Qororining 1-ilovasi "O'zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari"ga amal qilinmagani natijasida yonish, portlash, radiasiya va radiaktiv zararlanish va x.k. sodir bo'lsa; 

b) harbiy harakatlar, shuningdek manyovrlar yoki boshqa harbiy tadbirlar, qurolli tuzilmalar yoki terrorchilarning harakatlari;

v) ommaviy tartibsizliklar, boshqa fuqarolar bo'ysunmasligining jamoaviy holatlari va ish tashlashlar;

g) xavfli yuklarni tashuvchi avtotransport vositalaridan foydalanish bilan bevosita bog'liq bo'lmagan holatlarning paydo bo'lishi;

D) sug'urta qildiruvchining yoki boshqa shaxslarning qasddan qilgan noqonuniy hatti harakatlari;

e) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Sug'urta qildiruvchi xavfli yuklarni avtotransport vositalarida tashish vaqtida avariya sodir bo'lib, xavfli yuklarning portlashi yoki moddalarning ajralib chiqishi oqibatida boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar etkazganligi to'g'risida avariya sodir bo'lgan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni mobaynida yozma ravishda Sug'urtalovchini xabardor qiladi.

Sug'urta tovoni to'lanish miqdorlari:

a) boshqa shaxslarning hayoti va sog'lig'iga zarar etganda har bir shaxsga to'lanadigan sug'urta tovoni sug'urta shartnomasi tuzilgan kundagi eng kam ish xaqining 100 barobarigacha va jami sug'urta pulining 40 foizidan oshmagan holda (jami to'lanadigan sug'urta tovoni sug'urta pulining 40 foizidan oshgan hollarda sug'urta tovoni zarar etgan shaxslarga mutanosib ravishda taqsimlanadi);

b) boshqa shaxslarning mol – mulkiga zarar etganda zarar etgan mol-mulkning tiklanish qiymatidan va sug'urta pulining 30 foizidan oshmagan holda (jami to'lanadigan sug'urta tovoni sug'urta pulining 30 foizidan oshgan hollarda sug'urta tovoni zarar etgan mol-mulklar miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi);

v) atrof muhitga zarar etkazilganda sug'urta pulining 30 foizidan oshmagan holda sug'urta tovoni miqdori aniqlanadi.

To'lanadigan sug'urta tovoni (sug'urta puli) ning miqdori sug'urtalovchi tomonidan avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish dalolatnomasi, sud qarorlari va sug'urta hodisasi boshlanishining sabablari va holatlari, shu jumladan boshqa shaxslarga etkazilgan zarar miqdori ko'rsatilgan boshqa materiallar asosida belgilanadi.

Sug'urta tovoni (sug'urta puli), sug'urta hodisasini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tuzilgan sug'urta hodisasi to'g'risidagi dalolatnomani tuzish orqali amalga oshiriladi.

 Mazkur shartnoma bo'yicha qo'yidagilar qoplanmaydi:

a) ma'naviy zarar;

b) "ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi qonun asosida sug'urta hodisasi sodir bo'lishi;

v) sug'urta qildiruvchi mulkiy huquqga, xo'jalik yurituvchi huquqga yoki tezkor boshqarish huquqiga yoxud boshqacha qonuniy asosda (ijara huquqida, saqlash shartnomasi bo'yicha, ishonchnoma bo'yicha, mulkni unga berish to'g'risidagi tegishli organning farmoyishiga va shu kabilarga ko'ra) unga tegishli bo'lgan mol-mulkka etkazilgan zarar;

g) sug'urta qildiruvchining neustoyka (jarima, penya) to'lash, uning kafolatli va shunga o'xshash majburiyatlarni bajarishi, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi bilan bog'liq holda ko'rgan zararlari;

D) olinmay qolgan daromadlar (tovar ko'rinishi o'zgarishi va shu kabi xar qanday xolatlarda yuzaga kelgan boy berilgan foyda).

Sug'urta tovoni (sug'urta puli) bevosita zarar ko'rgan boshqa shaxs (yoki uning merosxo'ri)ga to'lanadi.

 Sug'urta tovoni (sug'urta puli)ni to'lash sug'urta hodisasi to'g'risidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.

Sud qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilingan (rad etilgan) taqdirda sug'urtalovchi sug'urta tovoni (sug'urta puli) ni to'lash to'g'risidagi masalani hal etishni, agar dastlabki qaror bo'yicha ijobiy yoki salbiy xulosa chiqarish mumkin bo'lmasa, sudning uzil-kesil qarori qabul qilinadigan vaqtgacha kechiktirishi mumkin.

Etkazilgan zarar shuningdek boshqa shaxslar tomonidan qoplanadigan hollarda sug'urtalovchi faqat sug'urta shartnomasi bo'yicha to'lanishi kerak bo'lgan sug'urta tovoni (sug'urta puli) va boshqa shaxslar tomonidan qoplanadigan pul o'rtasidagi tafovutni to'laydi. Sug'urta qildiruvchi sug'urtalovchini zararni jabrlanganga qoplash uchun boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilgan – o'ziga ma'lum bo'lgan to'lovlar to'g'risida xabardor qilishi shart.

Sug'urta qildiruvchi sud qarorini ijro etish maqsadida boshqa shaxslarga zararni qoplagan taqdirda sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchiga sug'urta tovoni (sug'urta puli)ni to'lashni u amalga oshirgan to'lov miqdorida, lekin sug'urta shartnomasi bo'yicha belgilangan sug'urta summasidan ko'p bo'lmagan miqdorda amalga oshiradi.

Sug'urta qildiruvchining zararni to'lash (subrogasiya) yuzasidan talab qilish huquqi to'langan sug'urta tovoni (sug'urta puli) doirasida sug'urtalovchiga o'tadi va sug'urta qildiruvchi shu bilan bog'liq barcha xujjatlarni sug'urtalovchiga topshirishi shart.