ҲУҚУҚИЙ ҲИМОЯ БИЛАН БОҒЛИҚ ХАРАЖАТЛАРНИ СУҒУРТАЛАШ

 


Sug'urta qildiruvchining O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo'lmagan, sud muhokamasi bilan bog'liq ko'rilgan xarajatlar natijasida kelib chiquvchi zararlar (yo'qotishlar) xavfi bilan bog'liq mulkiy manfaatlari sug'urta shartnomasining predmeti hisoblanadi.

Sug'urta shartnomasi - yozma kelishuv bo'lib, unga ko'ra sug'urtalovchi kelishuvda shartlashilgan haq (sug'urta mukofoti) evaziga kelishuvda nazarda tutilgan voqea (sug'urta hodisasi) sodir bo'lganda sug'urta qildiruvchiga sug'urta tovonini to'lash majburiyatini oladi.

SUG'URTA HODISASI
Sug'urta qildiruvchi tomonidan etkazilgan zararni qoplab berilishini talab qilinishi natijasida kelib chiqqan va sud hamda huquqiy xarajatlar ko'rinishida amalga oshirilgan, sug'urta qildiruvchining zarar ko'rishiga sabab bo'lgan voqea sug'urta hodisasi xisoblanadi.

Sug'urta hodisasiga sug'urta shartnomasi amalda bo'lgan davrda yoki sug'urta shartnomasi amalda bo'lgan davrda boshlangan voqealar tufayli sug'urta shartnomasi muddati tugagandan so'ng sodir bo'lgan hodisalar kiradi.

Sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchi tomonidan etkazilgan zararni qoplab berilishini talab qilinishi bo'yicha uni huquqiy ximoya qilish bilan bog'liq xarajatlarni sug'urtalash shartnomasini tuzadi.

Huquqiy himoya qilish bilan bog'liq xarajatlarga quyidagilar kiradi:

sug'urta qildiruvchining advokatlik xizmati xarajatlari;
prosessual xarajatlar (sud xarajatlari va h.k.);
sud muhokamasi bilan bog'liq boshqa xarajatlar;
bunda sug'urta qildiruvchi tomonidan quyidagi tarzda etkazilgan zararlar tufayli sud muhokamasi xarajatlari ko'zda tutiladi,(sud muhokamasiga sabab bo'lgan hodisalar);
-mol mulkga zarar etkazilishi-tashkilotlar yoki fuqarolarning mol-mulklariga shikast etkazilishi (yo'q qilinishi, buzilishi va h.k.);
-shaxsga etkazilgan zarar-tan jarohati yoki boshqa ko'rinishda sog'liqqa etkazilgan zarar oqibatida jismoniy shaxslarning mehnat qobiliyatini yo'qotishi yoki pasayishi, jabrlanuvchining o'limiga sabab bo'lishi;
sug'urta qildiruvchining xodimlari tomonidan sifatsiz kasbiy xizmat ko'rsatilishi;
-shartnoma majburiyatlarini bajarilmasligi yoki talab darajasida bajarilmasligi;
O'zbekiston Respublikasi me'yoriy huquqiy xujjatlarida maxsus ko'zda tutilgan boshqa hollar.

SUG'URTA TOVONINI TO'LASH

Zararlarni tartibga solishda sug'urta tovoni to'lash uchun quyidagi xujjatlar asos bo'ladi:

sug'urta qildiruvchi tomonidan taqdim qilingan sug'urta polisi (shartnomasi);
sug'urta qildiruvchining sug'urta hodisasi to'g'risidagi arizasi;
vakolatli organlarning rasmiy xujjatlari nusxalari (qaror, hal qiluv qarori, ajrim), sug'urta qildiruvchining xuquqiy himoya qilish bilan bog'liq (sud muhokamasi) xarajatlarini tasdiqlovchi shartnoma va to'lov topshiriqnomalari nusxalari;
da'vo talabnomasi nusxasi;
qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
Sug'urta hodisasi sabablari va holatini tasdiqlovchi barcha hujjatlar jamlangandan so'ng, 5 (besh) kun ichida sug'urtalovchi sug'urta hodisasini tan olinganligi yoki tan olinmaganligi to'g'risida qaror qabul qiladi.Sug'urta hodisasi tan olinganda sug'urta qildiruvchi ishtirokida sug'urta hodisasi to'g'risida dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada sug'urta tovoni miqdori ko'rsatiladi. Sug'urta tovoni sug'urta hodisasi tan olinganligi to'g'risida sug'urtalovchining qarori qabul qilingandan va sug'urta dalolatnomasi tuzilgandan so'ng 10 (o'n) kun ichida to'lab beriladi.

Sug'urta tovoni miqdori har bir sug'urta hodisasi bo'yicha sug'urtalovchining belgilangan javobgarligi doirasida sug'urta qildiruvchining haqiqatda huquqiy himoya qilish bilan bog'liq xarajatlarini (tasdiqlovchi hujjatlar asosida) yig'indisi tarzida aniqlanadi.

Sug'urta tovoni kelishilgan shartsiz franshiza va ushbu hodisa bo'yicha etkazilgan zarar uchun boshqa aybdor shaxslardan undirilgan mablag'lar chegirib tashlanib to'lanadi.

Sug'urtalovchi agarda ish sudning apellyasiya, kassasiya instantsiyalarida yoki nazorat tartibida qaytadan muhokoma qilinayotgan hollarda yoki sug'urta qildiruvchining hatti–harakatlari shubha tug'dirganda, sug'urta tovoni to'lash muddatini tegishli hujjatlar olingunga qadar kechiktirib turish huquqiga ega.

Sug'urta qildiruvchi quyidagi hollarda sug'urta tovonini to'lashni rad qilish huquqiga ega:

a) sug'urta qildiruvchi sug'urta shartnomasi tuzilayotgan paytda sug'urta tavakkalchiliklari xavfini baholashda ahamiyatga ega bo'lgan noto'g'ri ma'lumotlar taqdim qilgan bo'lsa;

b) agarda sug'urta hodisasi sug'urta qildiruvchining ataylab qilgan harakatlari yoki harakatsizligi natijasida sodir bo'lgan bo'lsa;

v) agarda sug'urta qildiruvchi sug'urta hodisasi to'g'risida o'z vaqtida sug'urtalovchiga xabar bermasa;

g) sug'urta qildiruvchi sug'urta hodisasi holati va sabablarini, hamda zarar miqdorini aniqlashda sug'urtalovchining qatnashishiga to'sqinlik qilsa;

D) sug'urta qildiruvchining aybi bilan sug'urtalovchi tomonidan regress talablarini amalga oshirish mumkin bo'lmasa.
Установите приложение на смартфон и работайте офлайн
Установить Переводчик