ХАВФЛИ ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ЖАВОБГАРЛИГИНИ СУҒУРТАЛАШ

 

 

Mazkur shartnoma bo'yicha sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchi tashkilotida avariya (inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarida qo'llanadigan texnika qurilmalarining buzilishi, sug'urta shartnomasi amal qiladigan davrda ro'y bergan nazorat qilib bo'lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishi) sodir bo'lganda boshqa shaxslarning hayoti, sog'ligi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga etkazilgan zararni sug'urtalanuvchi tomonidan qoplash bo'yicha fuqarolik javobgarligi paydo bo'lishi bilan bog'liq bo'lgan mulkiy manfaatlarini sug'urta qilish mazkur shartnomaning mazmuni hisoblanadi.

Sug'urta qildiruvchining tashkilotida avariya sodir bo'lganda boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar etkazganligi uchun sug'urtalanuvchining fuqarolik javobgarligining boshlanishi fakti sud qarori bilan kuchga kirib tasdiqlanishi sug'urta hodisasi hisoblanadi.

Sug'urta qildiruvchining quyidagilar oqibatida paydo bo'lgan fuqarolik javobgarligi sug'urta hodisasi deb e'tirof etilmaydi:

a) yadroviy portlash, radiasiya, radioktiv zararlanish, agar ular ushbu ishlab chiqarish ob'ektidan foydalanish bilan bog'liq bo'lmasa;

b) harbiy harakatlar, shuningdek manyovrlar yoki boshqa harbiy tadbirlar, qurolli tuzilmalar yoki terrorchilarning harakatlari;

v) ommaviy tartibsizliklar, boshqa fuqarolar bo'ysunmasligining jamoaviy holatlari, ish tashlashlar;

g) engib bo'lmaydigan kuchlar ta'siri: tabiiy ofatlar, stixiyali tusdagi tabiat hodisalari;

D) xavfli ishlab chiqarish ob'ektidan foydalanish bilan bevosita bog'liq bo'lmagan holatlarning paydo bo'lishi;

e) sug'urta qildiruvchining yoki boshqa shaxslarning qasddan qilgan noqonuniy hatti harakatlari;

j) qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Sug'urta qildiruvchida avariya sodir bo'lgan taqdirda sug'urtalanuvchi sug'urtalovchini avariya sodir bo'lgan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni mobaynida bu to'g'rida yozma ravishda xabardor qiladi.

Sug'urta tovoni to'lanish miqdorlari:

a) boshqa shaxslarning hayoti va sog'lig'iga zarar etganda har bir shaxsga to'lanadigan sug'urta tovoni sug'urta shartnomasi tuzilgan kundagi eng kam ish xaqining 100 barobarigacha va jami sug'urta pulining 40 foizidan oshmagan holda (jami to'lanadigan sug'urta tovoni sug'urta pulining 40 foizidan oshgan hollarda sug'urta tovoni zarar etgan shaslar miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi);

b) boshqa shaxslarning mol – mulkiga zarar etganda zarar etgan mol-mulkni tiklanish qiymatidan va sug'urta pulining 30 foizidan oshmagan holda (jami to'lanadigan sug'urta tovoni sug'urta pulining 30 foizidan oshgan hollarda sug'urta tovoni zarar etgan mol-mulklar miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi);

v) atrof muhitga zarar etkazilganda sug'urta pulining 30 foizidan oshmagan holda sug'urta tovoni miqdori aniqlanadi.

To'lanadigan sug'urta tovoni (sug'urta puli) ni miqdori sug'urtalovchi tomonidan avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish dalolatnomasi, sud qarorlari va sug'urta hodisasi boshlanishining sabablari va holatlari, shu jumladan boshqa shaxslarga etkazilgan zarar miqdori ko'rsatilgan boshqa materiallar asosida belgilanadi.

Sug'urta tovoni (sug'urta puli), sug'urta hodisasini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tuzilgan sug'urta hodisasi to'g'risidagi dalolatnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.

Mazkur shartnoma bo'yicha qo'yidagilar qoplanmaydi:

a) ma'naviy zarar;

b) sug'urta qildiruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo'lgan shaxslarga, ular O'zbekiston Respublikasining mehnat kodeksiga binoan shartnoma (kontrakt)ga muvofiq mehnat majburiyatlarini bajarayotganda etkazilgan zarar;

v) "ish beruvchining fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish to'g'risida"gi qonun asosida sug'urta hodisasi sodir bo'lishi;

g) sug'urta qildiruvchi mulkiy huquqga, xo'jalik yurituvchi huquqga yoki tezkor boshqarish huquqiga yoxud boshqacha qonuniy asosda (ijara huquqida, saqlash shartnomasi bo'yicha, ishonchnoma bo'yicha, mulkni unga berish to'g'risidagi tegishli organning farmoyishiga va shu kabilarga ko'ra) unga tegishli bo'lgan mol-mulkka etkazilgan zarar;

D) sug'urta qildiruvchining neustoyka (jarima, penya) to'lash, uning kafolatli va shunga o'xshash majburiyatlarni bajarishi, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi bilan bog'liq holda ko'rgan zararlari;

e) olinmay qolgan daromadlar (tovar kurinishi o'zgarishi va shu kabi xar qanday xolatlarda yuzaga kelgan boy berilgan foyda).

Sug'urta tovoni (sug'urta puli) bevosita zarar ko'rgan boshqa shaxs (yoki uning merosxo'ri)ga to'lanadi.

Sug'urta tovoni (sug'urta puli)ni to'lash sug'urta hodisasi to'g'risidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.

Sud qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilingan (rad etilgan) taqdirda sug'urtalovchi sug'urta tovoni (sug'urta puli) ni to'lash to'g'risidagi masalani hal etishni, agar dastlabki qaror bo'yicha ijobiy yoki salbiy xulosa chiqarish mumkin bo'lmasa, sudning uzil-kesil qarori qabul qilinadigan vaqtgacha kechiktirish mumkin.

Etkazilgan zarar shuningdek boshqa shaxslar tomonidan qoplanadigan hollarda sug'urtalovchi faqat sug'urta shartnomasi bo'yicha to'lanishi kerak bo'lgan sug'urta tovoni (sug'urta puli) va boshqa shaxslar tomonidan qoplanadigan pul o'rtasidagi tafovutni to'laydi. Sug'urta qildiruvchi sug'urtalovchini zararni jabrlanganga qoplash uchun boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilgan – o'ziga ma'lum bo'lgan to'lovlar to'g'risida xabardor qilishi shart.

Sug'urta qildiruvchi sud qarorini ijro etish asosida unga nisbatan sug'urta shartnomasi tuzilgan xavfli ishlab chiqarish ob'ektidan foydalanish natijasida etkazilgan zararni qoplagan taqdirda sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchiga sug'urta tovoni (sug'urta puli)ni to'lashni u amalga oshirgan zarar tovoni doirasida, lekin sug'urta shartnomasi bo'yicha belgilangan sug'urta pulidan ko'p bo'lmagan miqdorda amalga oshiradi.

Sug'urta qildiruvchining zararni to'lash (subrogasiya) yuzasidan talab qilish huquqi to'langan sug'urta tovoni (sug'urta puli)ni doirasida sug'urtalovchiga o'tadi va sug'urta qildiruvchi shu bilan bog'liq barcha xujjatlarni sug'urtalovchiga topshirishi shart.