ИПОТЕКА КРЕДИТЛАРИНИ КОМПЛЕКС СУҒУРТАЛАШ

 

 

Sug'urtalovchi sug'urta shartnomasi shartlari asosida quyidagi majburiyatlarni oladi:
Sug'urta qildiruvchi va naf oluvchi o'rtalarida tuzilgan Ipoteka shartnomasi asosida garovga qo'yilayotgan mol-mulkga etkazilgan zararning to'liq yoki qisman yo'qotilishi yoki zararlanishi bo'yicha sug'urta tovonini to'lash.
Sug'urta qildiruvchining sug'urta shartnomasi amal qilgan davrda baxtsiz hodisa natijasida mehnat qobiliyatini qisman yoki doimiy yo'qotishi, uning vafoti tufayli unga etkazilgan zararni naf oluvchiga yoki sug'urta qildiruvchi tomonidan tayinlangan shaxsga qoplab berish.

Sug'urta qildiruvchi sug'urta shartnomasida belgilangan tartibda va muddatda sug'urta mukofotini to'lash majburiyatini oladi.

Sug'urta shartnomasi muddati Ipoteka shartnomasi muddatiga mos ravishda o'rnatiladi.

Sug'urtalovchi sug'urta shartnomasiga asosan quyida ko'rsatilgan sug'urta tavakkalchiliklari bo'yicha majburiyat olib boradi:

Garovga qo'yilayotgan mol-mulk sug'urtasidan:

Mol-mulkning doimiy saqlanish joyida bo'ron, kuchli shamol, dovul, jala, sel, yashin urishi, zilzila, toshqin, ko'chki, do'l, qalin qor yog'ishi yoki qattiq sovuq tushishi, yong'in, portlash, o'g'irlik, bosqinchilik, uchinchi shaxslarning noqonuniy harakati natijasida etkazilgan zarar.

Sug'urta qildiruvchini baxtsiz xodisalardan sug'urta qilish:

Sug'urta shartnomasi muddati davomida sug'urta qildiruvchini baxtsiz hodisa natijasida mehnat qobiliyatini to'liq doimiy yo'qotishi;

Sug'urta shartnomasi muddati davomida sug'urta qildiruvchini baxtsiz hodisa natijasida vafot etishi.

Sug'urta qildiruvchining sug'urta tovonini to'lash xaqidagi arizasi quyidagi xujjatlar bilan birga 3 (uch) kun ichida taqdim qilinadi:

Sug'urta xodisasi to'g'risida xabarnoma;
Sug'urta qildiruvchining mol-mulkning zararlangan qismiga bo'lgan da'vosi, ro'yxat bo'yicha nomi va zarar miqdori;
Uchinchi shaxslardan zarar uchun undirilgan mablag';
Sug'urta hodisasini tasdiqlovchi muxrlangan va vakolatli shaxslar (sud, yong'in xavfsizligi, IIB, YHXB va b.sh.) tomonidan Ro'yxatlangan xujjatlar to'plami;
Sug'urta qilingan shaxs vafot etgan taqdirda sug'urtalovchiga FHDYO tomonidan berilgan vafoti to'g'risidagi guvohnoma nusxasi;
baxtsiz hodisa natijasida sug'urta qilingan shaxsning ish qobiliyati to'liq yoki qisman yo'qotilganligini tasdiqlovchi xujjatlar;
baxtsiz hodisa natijasida mehnat qobiliyatini to'liq doimiy yo'qotishida sug'urta tovoni.
Sug'urta puliga nisbatan quyidagi tartibda to'lanadi:

1-guruh nogironligi uchun – 80,0 %;
2-guruh nogironligi uchun – 65,0 %.
Sug'urta qildiruvchi baxtsiz xodisa natijasida vafot etganda oldingi sug'urta ta'minoti to'langan qismlari olib tashlangan holda 100 % to'lanadi.

Sug'urta hodisasi haqida ariza berilgandan so'ng, hodisa asoslarini aniqlash uchun
3 (uch) kun ichida komissiya tashkil qilinadi. Komissiya tarkibiga sug'urtalovchi, sug'urta qildiruvchi va naf oluvchining vakillari, hodisa tavsifiga ko'ra mutasaddi tashkilot vakillari, ekspertlar va boshqalar kiradi.

Sug'urta hodisasi natijasida aniqlanadigan mulkga etkazilgan sug'urta tovoni miqdori Lintseziyaga ega bo'lgan baholovchi tashkilot yoki ekspertlarning baholash xisoboti asosida belgilanadi. 

Komissiya tomonidan sug'urta xodisasi deb tan olinsa 3 (uch) kun ichida zarar miqdori va asoslari haqida dalolatnoma tuziladi.

Taraflar o'rtalarida zarar miqdori yoki asoslari haqida norozichilik kelib chiqsa boshqa mustaqil ekspert jalb qilinadi.

Sug'urta pulidan past qilib to'langan sug'urta tovonidan qolgan sug'urta puli qismi sug'urta shartnomasining oxirgi muddatigacha o'z kuchini saqlab qoladi.

Etgan zarar to'liq qoplangan bo'lsa yoki uni qoplash sud qarori bilan aybdor shaxsga yuklatilgan bo'lsa sug'urta qildiruvchi sug'urta tovonini olish huquqini yo'qotadi.

Sug'urta qildiruvchi yoki naf oluvchi uchinchi shaxsdan yoki aybdor shaxsdan zarar uchun sug'urta tovonini bir qismini olgan bo'lsa sug'urtalovchi faqatgina sug'urta pulining qolgan qismini to'lashi mumkin.

Sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchiga to'lagan sug'urta tovoni miqdorini zarar etkazgan shaxsdan undirish uchun talab qilish (regress) huquqiga ega. Regress huquqi O'zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.

Mol-mulk yo'qotilsa uning zararlangan qismi almashtiriladi yoki sug'urta puli doirasida to'lanadi. Bu holda har bir bo'lim bo'yicha umumiy sug'urta tovoni sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan umumiy sug'urta pulidan yoki sug'urta ta'minotidan oshmasligi kerak.

Sug'urtalovchining sug'urta tovonini (ta'minoti)ni to'lashni rad etishdagi qarori asosli ravishda sug'urta qildiruvchiga yoki naf oluvchiga sug'urta tovonini yoki sug'urta pulini to'lashni so'rab murojaat etganlaridan keyin 15 (o'n besh) kun ichida rad etish sabablari ko'rsatilgan holda yozma ravishda xabar qilinadi.

Sug'urtalovchining sug'urta tovonini (ta'minoti)ni to'lashni rad etishdagi qarori sudga da'vo berish orqali hal qilinishi mumkin.

Sug'urta qildiruvchining yoki naf oluvchining sug'urta hodisasi natijasida to'langan zarar uchun aybdor shaxsdan talab qilish huquqi to'langan summa doirasida sug'urtalovchiga o'tadi.

Sug'urtalovchiga o'tgan talab qilish huquqi uning tomonidan sug'urta qildiruvchi, naf oluvchi va zarar uchun javobgar bo'lgan shaxs o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.

Sug'urtalovchi o'ziga o'tgan talab qilish huquqini amalga oshirishi uchun sug'urta qildiruvchi yoki naf oluvchi barcha xujjatlar to'plamini, guvohlarni va ma'lumotlarni berishi shart.

Sug'urta qildiruvchi yoki naf oluvchi zarar uchun javobgar bo'lgan shaxsga nisbatan talab qilish huquqidan voz kechsa, u holda sug'urtalovchi sug'urta tovonini to'lashdan ozod bo'ladi va to'langan sug'urta tovonini qaytarishga haqli bo'ladi.

Sug'urta xodisasi tan olinganligi to'g'risidagi dalolatnoma imzolangandan so'ng sug'urta tovoni sug'urtalovchi tomonidan 10 (o'n) bank kuni ichida sug'urta qildiruvchiga yoki naf oluvchiga to'lanadi.