Sportchilarni baxtsiz xodisa natijasida sug'urtalangan shaxsning hoxish irodasiga bog'liq bo'lmagan mayiblanishi, jarohatlanishi yoki uning vafoti bilan hayoti va salomatligiga bog'liq bo'lgan mulkiy manfaatlarini sug'urtaviy himoyalash
SUG'URTA HODISASI
SUG'URTA HODISASIDAN ISTESNO XOLLAR
Barcha hildagi o'tkir surunkali va nasliy kasalliklar (shu jumladan infarkt, insult va to'satdan a'zolarni kasallanishi, kasallikni nasldan naslga o'tish natijasida uni rivojlanishi), anafilaktik shok va oziq-ovqat toksiko infektsiyasi (salmonellez, ichburug'va boshqalar);
Tergov yoki sud organlari tomonidan aniqlangan sug'urtalangan shaxsning qasddan o'z hatti-harakatlari natijasida olgan jarohati yoki vafoti;
Sug'urtalangan shaxs alkogolli ichimlik, giyohvand yoki zaharli moddalar ta'sirida yoki o'zgacha tarzda mast holatda ichki yonuv dvigatelli yoki elektr dvigateliga ega bo'lgan har qanday o'zi yurar vositalar (avtomashina, motosikl, motoroller, moped, motorli velosiped, kater yoki motorli qayiq, traktor, kombayn, trolleybus, tramvay va hokazolar)ni boshqarishi, shuningdek ushbu vositalarni boshqarishni spirtli ichimlik, giyohvand va zaharli moddalar ta'sirida mast holatda bo'lgan shaxsga berishi oqibatida yuzaga kelgan jarohat yoki o'lim;
Yadro portlashi, radiasiya va radiaktiv nurlanish, zaharlanish ta'sirida, harbiy harakatlar, harbiy mashqlar, fuqarolar urushi, ish tashlash, halq ko'tarilishini har xil turlari oqibatida olingan tan jarohatlari yoki o'lim.
SUG'URTA MUDDATI
Bir yil
SUG'URTA TOVONATINI TO'LASH
Sug'urta hodisasi natijasida sug'urtalangan shaxs hayoti va salomatligiga zarar etganida sug'urtalangan shaxsga sug'urta tovoni miqdorida shifokor-ekspert xulosasi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 iyuldagi 195-son qarori bilan tasdiqlangan "mehnatda mayib bo'lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yo'qotilishi darajasini aniqlash tartibi to'g'risida Nizom"ning 3-ilovasi, ya'ni kasbiy mehnat layoqati yo'qotilishi darajasini aniqlashning klinik-funktsional mezonlariga asosan aniqlanadi.
Sug'urta to'lovi sug'urta qildiruvchi tomonidan barcha hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 15 (o'n besh) kun ichida to'lab beriladi.