Sud muhokamasi bilan bog'liq ko'rilgan xarajatlar natijasida kelib chiquvchi zararlar xavfi bilan bog'liq mulkiy manfaatlarini sug'urtaviy himoyalash maqsadida tuziladi
SUG'URTA HODISASI
Sug'urta qildiruvchi tomonidan etkazilgan zararni qoplab berilishini talab qilinishi natijasida kelib chiqqan va sud hamda huquqiy xarajatlar ko'rinishida amalga oshirilgan, sug'urta qildiruvchining zarar ko'rishiga sabab bo'lgan voqea sug'urta hodisasi xisoblanadi.
Huquqiy himoya qilish bilan bog'liq xarajatlarga quyidagilar kiradi:
- sug'urta qildiruvchining advokatlik xizmati xarajatlari;
- prosessual xarajatlar (sud xarajatlari va h.k.);
- sud muhokamasi bilan bog'liq boshqa xarajatlar, bunda sug'urta qildiruvchi tomonidan quyidagi tarzda etkazilgan zararlar tufayli sud muhokamasi xarajatlari ko'zda tutiladi (sud muhokamasiga sabab bo'lgan hodisalar);
- mol mulkga zarar etkazilishi-tashkilotlar yoki fuqarolarning mol-mulklariga shikast etkazilishi (yo'q qilinishi, buzilishi va h.k.);
- shaxsga etkazilgan zarar-tan jarohati yoki boshqa ko'rinishda sog'liqqa etkazilgan zarar oqibatida jismoniy shaxslarning mehnat qobiliyatini yo'qotishi yoki pasayishi, jabrlanuvchining o'limiga sabab bo'lishi;
- sug'urta qildiruvchining xodimlari tomonidan sifatsiz kasbiy xizmat ko'rsatilishi;
- shartnoma majburiyatlarini bajarilmasligi yoki talab darajasida bajarilmasligi;
- O'zbekiston Respublikasi me'yoriy huquqiy xujjatlarida maxsus ko'zda tutilgan boshqa hollar.
SUG'URTA HODISASIDAN ISTESNO XOLLAR
- Sug'urta qildiruvchi quyidagi hollarda sug'urta tovonini to'lashni rad qilish huquqiga ega:
- sug'urta qildiruvchi sug'urta shartnomasi tuzilayotgan paytda sug'urta tavakkalchiliklari xavfini baholashda ahamiyatga ega bo'lgan noto'g'ri ma'lumotlar taqdim qilgan bo'lsa;
- agarda sug'urta hodisasi sug'urta qildiruvchining ataylab qilgan harakatlari yoki harakatsizligi natijasida sodir bo'lgan bo'lsa;
- agarda sug'urta qildiruvchi sug'urta hodisasi to'g'risida o'z vaqtida sug'urtalovchiga xabar bermasa;
- Sug'urta qildiruvchi sug'urta hodisasi holati va sabablarini, hamda zarar miqdorini aniqlashda sug'urtalovchining qatnashishiga to'sqinlik qilsa;
- Sug'urta qildiruvchining aybi bilan sug'urtalovchi tomonidan regress talablarini amalga oshirish mumkin bo'lmasa.
SUG'URTA MUDDATI
Sug'urta qildiruvchining sug'urtalovchi bilan kelishuvi orqali belgilanadi
SUG'URTA TOVONATINI TO'LASH
Sug'urta hodisasi sabablari va holatini tasdiqlovchi barcha hujjatlar jamlangandan so'ng, 5 (besh) kun ichida sug'urtalovchi sug'urta hodisasini tan olinganligi yoki tan olinmaganligi to'g'risida qaror qabul qiladi.Sug'urta hodisasi tan olinganda sug'urta qildiruvchi ishtirokida sug'urta hodisasi to'g'risida dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada sug'urta tovoni miqdori ko'rsatiladi. Sug'urta tovoni sug'urta hodisasi tan olinganligi to'g'risida sug'urtalovchining qarori qabul qilingandan va sug'urta dalolatnomasi tuzilgandan so'ng 10 (o'n) kun ichida to'lab beriladi.