Baholovchining kasbiy faoliyatini sifatsiz bajarganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi yo'lida zarar yetakchilik qilgani uchun yurdik javobgarligi yuzaga keldi uning mulkiy manfatini himoya qilish.
SUG'URTA HODISASI
Sug'urta qildiruvchining kasbiy faoliyatini sifatsiz bajarganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi natijasida zarar etkazganligi uchun yuridik javobgarligi yuzaga kelishi.
SUG'URTA HODISASIDAN ISTESNO XOLLAR
Quyidagilar natijasida yuz bergan hodisalar sug'urta hodisasi hisoblanmaydi:
har qanday urush harakatlari va ularning oqibatlari, minalar, bombalar, boshqa urush qurollarining ta'siri, fuqarolar tartibsizliklari va qo'zg'olonlar, terrorizm, harbiy yoki fuqarolik hukumati va har qanday siyosiy tashkilotlarning topshirig'iga binoan mol-mulkning musodara qilinishi, rekvizisiya qilinishi, hibsga olinishi, yo'q qilinishi yoki zararlanishi;
yadroviy portlash, radiasiya va radioaktiv zaharlanish;
sug'urta qildiruvchining yoki naf oluvchining sug'urta hodisasi yuz berishiga qaratilgan, shu jumladan ularning bir-biri bilan til biriktirib qasddan qilgan harakatlari;
sug'urta hodisasi natijasida hukumat idoralari tomonidan sug'urta qildiruvchiga ma'muriy jazolar qo'llanilishi;
naf oluvchi bilan tuzilgan, sug'urta qildiruvchi zarar bo'yicha majburiyatlarni o'z zimmasiga oladigan va u bo'lmagan taqdirda sug'urta qildiruvchining yuridik javobgarligi yuzaga kelmaydigan baholash shartnomasidan boshqa har qanday kelishuvdan kelib chiqqan javobgarlikning yuzaga kelishi;
sug'urta qildiruvchi tomonidan ish bajarilmasligi yoki bajarilayotgan ishning belgilangan muddatlarining buzilishi;
lisenziyada nazarda tutilmagan yoki unda lisenziya mavjud bo'lmagan yoki lisenziya amalda bo'lmagan holda kasbiy faoliyatning amalga oshirilishi;
davlat organlarining topshirig'iga ko'ra baholashda foydalanilayotgan materiallarning olib qo'yilishi, musodara, rekvizisiya qilinishi, hibsga olinishi yoki yo'q qilinishi;
ma'lum baholash ob'ektini aniq turdagi qiymat bo'yicha majburiy baholash talab etilgan huquqiy-me'yoriy hujjatning qabul qilinishi;
sug'urta qildiruvchiga kasbiy faoliyatini amalga oshirishda taqdim etilgan hujjatlarning yo'qolishi va boshqalar.
SUG'URTA MUDDATI
Bir yil
SUG'URTA TOVONATINI TO'LASH
Naf oluvchi etkazilgan zarar to'g'risida da'vo bilan chiqqanda sug'urta qildiruvchi kompaniya roziligi bilan vakolatli organlarning bahsli masalalar bo'yicha ekspert bahosini va rasmiy izohini olishi va da'voni ko'rib chiqishga malakali mutaxassislarni jalb qilishi shart.
Zarar yuz berishi fakti va miqdori sug'urta qildiruvchining naf oluvchi oldidagi javobgarligi sud qarori bilan tasdiqlangan bo'lishi shart.
Kompaniya sug'urta tovonini sug'urta qildiruvchi/naf oluvchiga sug'urta hodisasi to'g'risidagi dalolatnoma imzolangandan keyin 15 (o'n besh) kun ichida amalga oshiriladi.