Сайт работает в тестовом режиме

Европротокол
Скачать

KREDITNING GAROV BILAN TA'MINLANMAGAN QISMINI QAYTMASLIK XATARIDAN SUG'URTALASH

Sug'urta qildiruvchi tomonidan kredit shartnomasiga asosan olingan kreditning garovga bilan ta'minlanmagan qismi bo'yicha asosiy qarzni qaytarilmasligi natijasida tadbirkorlik xavfini yuzaga kelishini sug'urtalash maqsadida tuziladi

SUG'URTA HODISASI    

    Qarzdor tomonidan kredit shartnomasining kredit to‘lovlari bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlarini 90 (to‘qson) kundan ortiq muddat davomida surunkali bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi, qarz oluvchi vafot etishi, 1-chi guruh nogironi bo‘lishi natijasida kredit to‘lovlarini shartnomada belgilangan muddatda va miqdorda to‘lanmasligi tushuniladi.

 

SUG'URTA HODISASIDAN ISTESNO XOLLAR

    Sug'urtalovchi quyidagi hollarda sug'urta qoplamasini to'lashni rad etish huquqiga ega:

  • Naf oluvchi yoki sug'urta qildiruvchi, sug'urtalovchi sug'urta shartnomasini tuzishi uchun qaror qabul qilishida, sug'urta qaltisligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo'lgan holatlar yuzasidan shubhali yoki yolg'on ma'lumotlar berganda;
  • Naf oluvchi kredit shartnomasi bo'yicha majburiyatlarini buzganda yoki kreditlash qoida va qo'llanmalariga rioya etmaganda (masalan, kreditni berish muddatlarining buzilishi, kelishmagan holda kredit miqdorining o'zgartirilishi va h.k.)
  • Sug'urta qildiruvchi kredit shartnomasi shartlari bo'yicha yoki naf oluvchi roziligi bilan o'z majburiyatlaridan ozod bo'lganda;
  • Olingan kredit sug'urta qildiruvchi tomonidan maqsadsiz ishlatilgan bo'lsa;
  • Naf oluvchi tomonidan berilgan kreditning maqsadli ishlatilishi bo'yicha belgilangan tartibda monitoring o'tkazib borilmagan bo'lsa;
  • Sug'urta shartnomasi shartlari va muddatlarida naf oluvchi yoki sug'urta qildiruvchi tomonidan sug'urta mukofotini to'lamaganda va boshqalar.

 

​SUG'URTA MUDDATI

    Kredit shartnomasi muddati bo'yicha belgilanadi

 

SUG'URTA TOVONATINI TO'LASH

    Naf oluvchi sug'urtalovchidan sug'urta tovonini olish talabi bilan murojaat qilgunga qadar sug'urta qildiruvchidan undirish choralarini to'liq ko'rishi zarur va faqat qarz oluvchining mol-mulki etarli bo'lmagandagina sug'urtalovchiga sug'urta tovonini to'lab berish to'g'risida talab qo'yish huquqiga ega. 
Sug'urtalovchi sug'urta da'vosini ko'rib chiqish uchun barcha zarur hujjatlar taqdim etilganidan va sug'urta hodisasi to'g'risida dalolatnoma imzolanganidan so'ng 5 (besh) bank kuni ichida sug'urta qoplamasini to'lab beradi.