Kichik va o'rta biznes bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlarning mol-mulki, tovar moddiy boyliklarini zararlanishidan, yo'qotilishidan va tabiiy ofatlardan sug'urtaviy himoyalash
SUG'URTA HODISASI
Sug'urta qildiruvchiga tegishli bo'lgan mol-mulki va tovar moddiy boyliklarining doimiy saqlanish joyida yong'in, portlash, bo'ron, dovul, do'l, qalin qor yog'ishi yoki qattiq sovuq tushishi, jala, ko'chki, tuproqning cho'kishi, emirilishi, er osti suvlari ko'tarilishi, sel, yashin urishi, zilzila, uchinchi shaxslarning qonunga zid xarakatlari, buzib kirib o'g'irlik qilish natijasida mol-mulki va tovar moddiy boyliklar yo'qotilishi yoki shikastlanishi.
SUG'URTA HODISASIDAN ISTESNO XOLLAR
Quyidagilar sug'urta hodisasi hisoblanmaydi:
- Sug'urta qildiruvchining qo'pol ehtiyotsizligi, bilib turib (qastdan) amalga oshirgan hatti-harakati yoki harakatsizligi natijasida mol-mulki va tovar moddiy boyliklariga zarar etkazilsa, (sug'urta qildiruvchining uchinchi shaxslar hayoti, salomatligi, qadr-qimmati, or-nomusini himoya qilish yoki fuqarolik burchini bajarish bilan bog'liq bo'lgan hollar bundan mustasno);
- Sug'urtalovchiga sug'urta shartnomasi (sug'urta polisi) tuzish vaqtida mol-mulki va tovar moddiy boyliklari haqida yolg'on ma'lumotlar berilsa.
- Quyidagi siyosiy tavsifga ega bo'lgan hodisalar tufayli, mol-mulki va tovar moddiy boyliklariga etkazilgan zarar qisman yoki to'liq qoplanmaydi:
- urush va xarbiy harakatlar (urush e'lon qilinganligi yoki qilinmagaligidan qat'iy nazar), g'alayon, inqilob, qo'zg'olon, isyon, fitna, ish tashlash, lokaut, hukumatni noqonuniy ravishda egallab olish, terrorchilik harakatlari, musodara qilish, rekvizisiya, hukumat yoki uning tarkibiy qismi topshirig'iga asosan buzib tashlanishi yoki unga zarar etishi harakatlari, yadro reaktsiyasi, yadro nurlanish yoki radioaktiv zararlanishi yoki nobud bo'lishi holatlarida.
SUG'URTA MUDDATI
Bir yil
SUG'URTA TOVONATINI TO'LASH
Sug'urta qildiruvchi, sug'urta hodisasi yuz berganda sug'urtalovchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- Sug'urta hodisasi to'g'risida xabarnoma;
- Sug'urta polisi;
- Sug'urta hodisasi natijasida mol-mulki va tovar moddiy boyliklarining zararlangan yoki nobud bo'lganligini tasdiqlab tuzilgan ma'lumotnoma va sug'urta hodisasi uchun aybdor yuridik yoki jismoniy shaxsning tushuntirish xati;
- Sug'urta hodisasini tasdiqlovchi mutasaddi tashkilotlarning hujjatlari;
- Sug'urta hodisasi natijasida zararlangan mol-mulki va tovar moddiy boyliklarining fotosuratlari;
- Sug'urta qildiruvchi o'ziga ma'lum bo'lgan sug'urta hodisasiga oid boshqa ma'lumotlar. Sug'urtalovchi taqdim etilgan hujjatlarni o'rganib chiqib, sug'urta hodisasi ro'y berganligi yoki sug'urta hodisasi ro'y bermaganligi haqida qaror qabul qiladi.
Sug'urta qoplamasi sug'urta hodisasi tan olinganligini tasdiqlovchi dalolatnomaga qo'l qo'yilgan kundan boshlab 10 (o'n) bank kuni ichida sug'urta qildiruvchiga to'lab beriladi.