Сайт работает в тестовом режиме

Европротокол
Скачать

MAISHIY TEXNIKA VA USKUNALARNI BO'LIB TO'LASH SHARTI BILAN SOTISHDA SOTUVCHINI MOLIYAVIY TAVAKKALCHILIKLARDAN SUGURTALASH

Sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchining sug'urta mukofotini to'lash majburiyatini olish sharti bilan ko'rsatilgan tartib va hajmda sug'urta qildiruvchiga sug'urta hodisasi natijasida yuzaga kelgan zararni qoplash majburiyatini sug'urtaviy himoyalash

SUG'URTA HODISASI 

    ​Sug'urtalovchi quyidagi hodisalar natijasida xaridor tomonidan sug'urta qildiruvchi taqdim etgan maishiy texnika va uskunalar haqqini to'lovga qobiliyatsizligi, yuriidik shaxslarning bankrotligi, maishiy texnika va uskunalar o'g'irlanishi natijasida to'lash bo'yicha majburiyatlarini bajarmasligidan sug'urta xodisasi xisoblanadi.

 

SUG'URTA HODISASIDAN ISTESNO XOLLAR

    Barcha hildagi o'tkir surunkali va nasliy kasalliklar (shu jumladan infarkt, insult va sug'urtalovchi quyidagi hollarda sug'urta qoplamasini to'lashni rad etishi mumkin:

  • agar sug'urtalovchining Bosh sug'urta shartnomasini tuzishiga asos bo'lgan, sug'urta qaltisligi haqida xulosa qilish uchun sezilarli ahamiyatga ega tavsilotlar haqida sug'urta qildiruvchi yoki xaridor noto'g'ri xabar yoki yolg'on ma'lumotlar taqdim etsa;  
  • agar sug'urta qildiruvchining qasddan qilgan harakatlari, harakat qilmasligi oldi-sotti shartnomasining buzilishiga yo'naltirilgan bo'lsa;
  • agar sug'urta qildiruvchi va/yoki xaridor qonunda belgilangan tartibda jazolanadigan va sug'urta hodisasi sodir bo'lishiga sabab bo'lgan noqonuniy (firibgarlik) harakatlarini amalga oshirsa;
  • agar sug'urta qildiruvchi va/yoki xaridor Bosh sug'urta shartnomasi shartlarini buzsa;
  • agar qarzdorlik sug'urta shartnomasining 3-bo'limida ko'rsatilgan hodisalar natijasida vujudga kelmagan bo'lsa;
  • Sug'urta qildiruvchi sug'urta qoplamasini olish talabi bilan murojaat qilgan vaqtda maishiy texnika haqqi uchinchi shaxslar hisobidan qoplangan bo'lsa, xaridorning baxtsiz hodisa natijasida vaot etish hollari bundan mustasno.

 

SUG'URTA MUDDATI

    Bir yil

 

SUG'URTA TOVONATINI TO'LASH

    Sug'urta qoplamasi faqat sug'urta qildiruvchiga sug'urta mukofoti to'liq va o'z vaqtida to'laganligi sharti bilan sug'urta hodisasi sodir bo'lgan vaqtda xaridorning to'lanmay qolgan qarzini to'lolmasligi natijasida sug'urta qildiruvchining ko'rgan zararini qoplash maqsadida to'lanadi
    Sug'urta to'lovi sug'urta qildiruvchi tomonidan barcha hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 15 (o'n besh) kun ichida to'lab beriladi.