Сайт работает в тестовом режиме

Европротокол
Скачать

Sug'urta qildiruvchi va naf oluvchi o'rtalarida tuzilgan Ipoteka shartnomasi asosida garovga qo'yilayotgan mol-mulkga etkazilgan zararning to'liq yoki qisman yo'qotilishi yoki zararlanishi bo'yicha sug'urta tovonini to'lash hamda sug'urta qildiruvchining baxtsiz hodisa natijasida mehnat qobiliyatini qisman yoki doimiy yo'qotishi, yoki uning vafoti tufayli unga etkazilgan zararni bo'yicha mulkiy manfaatlarini sug'urtaviy himoyalash.

SUG'URTA HODISASI 

    Ipoteka kredit asosida sotib olinayotgan uy-joyning haqiqiy bahosi (tan narhi), ya'ni sug'urta qiymati bo'yicha belgilanadi. Sug'urta puli sug'urta qiymatidan kam qilib belgilangan bo'lsa, sug'urtalovchi sug'urta hodisasi yuz berganida sug'urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) u ko'rgan zararni sug'urta pulining sug'urta qiymatiga bo'lgan nisbatiga mutanosib ravishda qoplab berish majburiyatini oladi.​

 

SUG'URTA HODISASIDAN ISTESNO XOLLAR    

    Суғурталовчи қуйида кўрсатилган суғурта таваккалчиликлари бўйича мажбурият олади:

    1-Бўлим: Гаровга қўйилаётган Мол-мулк суғуртасидан:

    Мол-мулкнинг доимий сақланиш жойида бўрон, кучли шамол, довул, жала, сел, яшин уриши, зилзила, тошқин, кўчки, дўл, қалин қор ёғиши ёки қаттиқ совуқ тушиши, ёнғин, портлаш, ўғирлик, босқинчилик, умумий фойдаланишдаги ёки қўшни хонадон      сантехника тизимларидаги носозлик оқибатида сув босиши, учинчи шахсларнинг ноқонуний ҳаракати натижасида етказилган зарар.

    2-Бўлим: Суғурта қилдирувчини бахтсиз ходисалардан суғурта қилиш:

    Суғурта шартномаси муддати давомида Суғурта қилдирувчини бахтсиз ҳодиса натижасида меҳнат қобилиятини тўлиқ доимий йўқотиши;

    Суғурта шартномаси муддати давомида Суғурта қилдирувчини бахтсиз ҳодиса натижасида вафот этиши.

 

SUG'URTA MUDDATI

    Kredit shartnomasida belgilangan muddat

 

SUG'URTA TOVONATINI TO'LASH

Sug'urta tovoni sug'urta xodisasi tan olinganligi to'g'risidagi dalolatnoma imzolangandan so'ng sug'urtalovchi tomonidan 10 (o'n) bank kuni ichida sug'urta qildiruvchiga yoki naf oluvchiga to'lanadi. 

  • Baxtsiz hodisa natijasida sug'urta qildiruvchiga etgan zarar sug'urta puliga nisbatan quyidagi tartibda to'lanadi: 
  • mehnat qobiliyatining doimiy yo'qotilishiga – 80,0 %;
  • sug'urta qildiruvchi baxtsiz xodisa natijasida vafot etganda oldingi sug'urta ta'minoti to'langan qismlari olib tashlangan holda 100 % to'lanadi.